O'ylab ko'rdingizmi? 2020 yil 22 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

Bugungi kuningiz nafaqat bahoriy, balki juda quvonchli kechishi kutilmoqda. Siz yuradigan har bir so'qmoq faqat g'alaba manziliga olib boradi. Shaxsiy hayotda yolg'izlar raqiblarning qarshiligiga duch kelishlari mumkin. Lekin bu qo'rqinchli emas. Siz ajoyib bir insonga ko'ngil qo'ygansiz. Unga har tarafdan nazar tashlashadi, o'tli boqishadi. Uni rashk qilmang. Rashk ojizlarga xos xususiyat. Siz xursand bo'ling. Shunday go'zallikka yetishtirgani uchun Ollohga shukr qiling.

 

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

 

22 mart kuni sizni shirin va mazmunli suhbatlar, internet tizimida yozishuvlar kutadi. Bir so'z bilan aytganda, kuningiz zerikarli kechmaydi. Ammo asosiy ishlarni ham unutib qo'ymasligingiz kerak. Agar bor kuch va imkoniyatlarni ishga solmasangiz, moliyaviy ahvolingizni ko'ngildagidek darajada yaxshilay olmaysiz. Teri qismida muammosi borlar kosmetika saloniga chiqib kelishlari tavsiya etiladi. Faqat jarrohlik amaliyotiga rozilik bermang.

 

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

 

Ertalabdanoq taqdirning ajoyib sovg'asiga ega chiqishingiz ehtimolga yaqin. Sovg'ani aslida suyukli insoningiz hadya etadi. Xursand bo'lasiz, shukr qilasiz. Dam olish kuni bo'lishiga qaramay, ishga zo'r beruvchilar huzurini ko'rishga ham haqlidirlar. Kunning ikkinchi yarmida ayrimlarni serdaromad ishda sherikchilikka taklif etishlari mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Ovqatlanish rejimini buzmang. Turli infeksiyalar yuqtirishdan o'zingizni ehtiyot qiling. Omad sizga yor bo'lsin!

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

 

22 martda zerika boshlaysiz. Do'stlaringizni sog'inayotganingizni his etasiz. Birga o'tirgan, suhbatlashgan, xursandchilik qilgan lahzalar yodingizga tushadi. Ammo oradan ko'p vaqt o'tdi. Do'stlarning ko'pchiligi oilali, bola-chaqali bo'lib ketishdi. Oila qurmaganlar bir nechta og'ir vaziyatlarni boshdan o'tkazishi kutilmoqda. Ulardan o'tib olishning o'zi mushkul. Yaxshisi psixologga murojaat eting. Shunda vaziyatni qaltislashtirmaysiz. Xatoliklarga yo'l qo'ymaysiz.

 

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

 

Agar bir joyda o'tirgancha taqdirdan mo''jiza kutsangiz, hech narsasiz qolib ketasiz. Xayolan yettinchi osmonlarda parvoz qilish bugun uchun emas. Bugun hayotga, masalaga real ko'z bilan boqishingiz zarur. Ekskursiyalar, seminarlar va ommaviy tadbirlar yaxshi o'tishi mumkin edi. Biroq ularni amalga oshirishning imkoni yo'q. Dam olish kuniligidan foydalanib, uyda vaqt o'tkazganingiz ma'qulroq. Ayollardan kimlardir azaliy orzusidagi ko'ylakni aynan bugun xarid qilish baxtiga muyassar bo'ladi. Buyursin. Olis safarga otlanishni xayolingizga ham keltirmang. Koronavirus yuqtirishingiz xavfi bor.

 

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

 

22 mart kuni a'lo kayfiyatda, xotirjamlikda vaqt o'tkazasiz. Do'stlardan biri ertalab qo'ng'iroq qilib ziyofatga taklif qilishi mumkin. Bormang. Hozir ziyofatga boradigan vaqt emas. Buning o'rniga pul topish harakatida bo'lsangiz, shundan foyda. Tadbirkorlarning ayrimlari bugun kunning ikkinchi yarmida katta pulga chuv tushib qolishlari kutiladi. Raqobatchi bo'lsa alam qilmasdi. Yaqin hamkorlar chuv tushirishadi. Mana shunisi yomon-da.

 

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

 

Bugungi kuningiz yugur-yugurlar, jismoniy mehnatga boy bo'lishi mumkin. Ammo shuncha ishning orasida dam olish, istirohat qilish uchun fursat topsa bo'ladi. Bemalol o'tirib, sevimli taomlaringizdan birini tanovul qilgachgina qaytadan ish boshlang. Yurgan yo'lingizda ovqat chaynashni xayolingizga ham keltirmang. Bu organizmingizga jiddiy ziyon yetkazadi. Moddiy ahvolingizni qat'iy nazorat ostiga olmas ekansiz, oxiri inqiroz bilan tugashi hech gap emas. Agar kun davomida yaxshi daromad qilsangiz, bir qismini yaxshi kunlar uchun asrab qo'ying.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

22 martda xayolan bo'lsa-da, hayotingizning har jabhasini sinchiklab ko'zdan o'tkazing. Agar qaerdadir, qaysidir sohada xatoliklarga yo'l qo'ysangiz, darhol bu xatoni tuzatishga harakat qiling. Kimki bugun astoydil, chin ko'ngildan chiqarib mehnat qilsa, nafaqat mo'may daromad oladi, balki yetarlicha tajribaga ham ega chiqadi. Bundan tashqari, sizga ish berganlar mukofotini ham hadya etadi. Sport bilan shug'ullanadiganlar mashg'ulotlar davomida jiddiy jarohat olishdan saqlanishlari lozim.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Ertalab ilkis oldinga intilsangiz, ishda ham, boshqa jabhada ham hammani ortda qoldirib ketasiz. Hammasi sizning intilishingiz, azartingizga bog'liq. Shaxsiy hayotda xudbinliklarga yo'l qo'yishdan saqlaning. Bu juftingiz bilan orangizdagi munosabatlarga putur yetkazishi mumkin. Mayli, juftingiz ko'nglingizga og'ir botadigan gap gapirgandir. Qo'l siltab qo'ya qoling. Kechqurun ba'zilar shaxsiy ish bilan yaqin manzilga safar qilishi mumkin.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

22 mart kuni o'zingizda mavjud iste'dodlarni o'zgalarga namoyish etishdan, ko'z-ko'zlashdan sira uyalmang. Tez orada ular sizga juda asqotishi mumkin. Xaridlarni amalga oshirish jarayoningizda yaxshigina bonuslarga ega bo'lishingiz kutiladi. Kunning ikkinchi yarmida keksa va xasta qarindoshlardan xabar oling. Kerak bo'lsa, ularga moddiy yordam ko'rsatsangiz ham yomon bo'lmaydi. Olloh albatta sizdan rozi bo'ladi inshoolloh. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang.

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

Bugun uyqudan kayfiyatingiz tushkunroq holatda uyg'onishingiz mumkin. Shunday holat asosan ijod kishilarida ko'proq kuzatilish ehtimoli bor. Ilhom parilari daf'atan qalbingizga tashrif buyuradi shekilli. Sira qayg'uga botmang. Xuddi shunday lahzalarda shedevr asarlar yaratiladi. Ba'zi do'stlarimizga yaqin do'stlari yordam so'rab murojaat etishi mumkin. Moddiy ko'mak so'rashsa kerak. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

22 martda baliq burji ostida tavallud topganlar umidning iliq dengizida suza boshlashadi. Ayrimlarga kun davomida salomatligi pand bera boshlashi mumkin. Bu yoqimsiz vaziyat qaysidir juda muhim bir ishni bajarayotganingizda kuzatilishi ehtimoldan xoli emas. Kechqurun ayollar, qizlar go'zallik saloni, kosmetolog qabuliga chiqib kelish imkoniga ega bo'lishadi. Teringizni yoshartiring va dunyoning eng go'zal ayoliga aylaning.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here