«Real»ning sobiq prezidenti koronavirus tufayli olamdan ko'z yumdi

0
Madridning «Real» klubi sobiq prezidenti Lorenso Sans 76 yoshida vafot etdi, deya manba keltiradi SA.

U 17 mart kuni koronavirus shubhasi bilan shifoxonaga yotqizilgan, oradan ko'p o'tmay mazkur gumon o'z tasdig'ini topgan edi.

Sansning faoliyatiga nazar tashlaydigan bo'lsak, u «Real»ni 1995-2000 yillarda boshqargani, 2006-2010 yillarda «Malaga» klubiga xo'jayinlik qilganiga guvoh bo'lamiz.

Ta'kidlash lozimki, unig boshqaruvi davrida «qirollik klubi» Yevrokuboklarda 32 yillik tanaffusdan so'ng yettinchi va sakkizinchi (1998, 2000) chempionligini tantana qilgandi. Shuningdek, «qaymoqranglilar» Sans davrida bir martadan La Liga (1996/97) va Qit'alararo kubokka ham (1998) ega chiqishgan.

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here