Toshkent va Andijon viloyatlarida firibgarlik holatlari aniqlandi

0

DXX Toshkent viloyati boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda “Parkent-Qorasuv” irrigatsiya tizimi boshqarmasi boshlig'i “B.B.” mazkur boshqarma tasarrufidagi “0” qiymatda tender savdolariga qo'yilgan, Parkent tumani Qoraqalpoq qishlog'i “Yoshlik” qo'rg'onida joylashgan ikki qavatli ma'muriy binoni mahalliy MChJlardan biriga berilishi va uni boshqa tadbirkorga berib yuborilmasligiga ko'maklashish uchun 30.000 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, DXX Andijon viloyati boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda Savdo-sanoat palatasining Xonobod shahar tadbirkorlikka ko'maklashish markazi rahbari “M.A.” shahar markazida “Fast food” kafesi qurish uchun 4 sotix yer maydoni ajratib berilishiga ko'maklashish evaziga 1000 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda har ikki holat bo'yicha iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti tomonidan Jinoyat Kodeksining 168- va 28,211-moddalariga muvofiq jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

loading...