O'ylab ko'rdingizmi? 2020 yil 23 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

23 mart kuni siz istaklarga boy bo'lasiz. Qizig'i, nimani istasangiz, o'sha istagingiz albatta amalga osha boshlaydi. Kun davomida sizdan qachonlardir qarz olganlar qarzini qaytarishi kutiladi. Ammo darrov do'konga g'izillashingiz tavsiya qilinmaydi. Oldin hisob-kitob qiling. Oilada o'zingizni qaysarona tutishingiz yaqinlaringiz bilan o'zaro munosabatlarga putur yetkazishi mumkin. Og'ir-bosiq bo'lishingiz talab etiladi. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling.

 

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

 

Kuningiz bahs, janjallarga boy bo'lishi ehtimolga yaqin. Atrofdagilar bilan hadeganda aytishaverib bezor bo'lishingiz ehtimoldan xoli emas. Emotsiyani qat'iy nazoratda ushlashingiz so'raladi. Agar uyda yagona boquvchi hisoblansangiz, bugun omadingiz keladi. Ishlaringizda yanada ko'proq unum ko'zga tashlanadi. Vaqt topsangiz, stomatolog qabuliga chiqib kelsangiz ham ziyon qilmaydi. Bilasizki, tish og'rig'ini tabletka bilan davolab bo'lmaydi.

 

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

 

23 martda negadir uyatchan, tortinchoq odamga aylanib qolishingiz kutilmoqda. Yolg'izlardan kimdir daf'atan ajoyib bir insonni ko'radi-yu, rangi oqarinqirab, tili lol bo'ladi. Yo'q, bunday lahzalarda tashabbusni o'z qo'lingizga olmasangiz bo'lmaydi. Tortinchoqlik, qo'rquv bilan baxtga erishib bo'lmaydi. Garchi birinchi bo'lib maqsadga o'ta olmasangiz-da, hech bo'lmasa suhbat uzilib qolishiga yo'l qo'ymang. Oilaviy tarzda tomorqada ishlashni mo'ljallaganlar bo'lsa, do'ppisini osmonga otaversin. Bugungi kun ular uchun to'liq quvonch va garmoniya qurshovida kechadi.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

 

Ba'zilarning bugun bajaradigan ishini rahbarlar tortib olib boshqa hamkasbga topshirishi alam qiladi. Lekin rahbarlaringiz bekorga bu ishga qo'l urmaydi. Sizning professional jihatdan yanada o'sishingizni istashadi. Shuni hisobga olib sizga ancha murakkab vazifani yuklashadi. Qiynalasiz, ammo ko'nikasiz. Moliyaviy muammolar bugun qiyinchilik tug'dirmaydi. Siz kunning ikkinchi yarmida moddiy ahvolingizni yaxshilashga erishasiz.

 

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

 

23 mart kuni qo'l urgan ishlaringiz unumli, daromadli bo'lishi uchun astoydil harakat qilishingiz talab etiladi. Faqat dangasalikka yo'l qo'ymasangiz bas. Albatta ezgu maqsadlarga yetasiz. Ayrim do'stlarimiz holsizlanish, bosh og'rig'idan bezovta bo'lishlari mumkin. Bu ko'p siqilish tufayligina yuzaga kelishi mumkin. Yolg'izlar, sevishganlar kunning ikkinchi yarmida yoqimsiz vaziyatlarni boshdan kechirishlari mumkin. Masalaga faylasufona yondashishingiz tavsiya etiladi. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

 

Biling, agar bugun kunning birinchi yarmida ko'proq toza havoda piyoda sayr qilib yurmas ekansiz, jismoniy holatingiz tobida bo'lmasligi aniq. Ayniqsa, surunkali xastalikka chalinganlar bu qoidaga albatta amal qilishlari zarur. Suyukli insoningizga bugun qo'pol hazillar qilishdan saqlaning. Qattiq ranjitib qo'yishingiz ehtimoli bor. Kechqurun uxlashga yotishdan oldin imkon topilsa, sut mahsulotlari tanovuli bilan cheklaning.

 

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

 

23 martda hashamatni ko'nglingiz tusaydi. Ammo bunga erisha olmaysiz. Oila a'zolaringiz sizga avvalgidek iliqlik, mehr bera olmaydi. Orangizda kichik bir to'siq paydo bo'lganki, aynan siz uni olib tashlashingiz lozim. Ishda horg'inlik, holsizlik ko'zga tashlanishi mumkin. Ma'lum muddat istirohat qilishingiz kerak. Kim moliyaviy muammolarni kechga qadar qoldirmay ijobiy hal etishni istasa, badavlat tanishlar yordamiga tayanishi zarur. Yoki ish joyingizdagi rahbarlardan yordam so'rang. Omad sizga yor bo'lsin!

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Erta turib ish boshlamasangiz, har taraflama yutqazishlarga yuz tutishingiz turgan gap. Ayniqsa, yaqindagina mehnat ta'tilidan qaytganlar astoydil yeng shimarib ishga kirishsinlar. Toki dam olish jarayonida sarflangan pullarni tezroq joyiga qo'ying. Allakimlar suyukli insoni uchun kunning ikkinchi yarmida syurpriz hozirlashni niyat qilgan bo'lsa, to'g'ri o'ylabdi. Syurpriz yaqin insoningizni juda mamnun etadi. Kechqurun ba'zilar favqulodda shaxsiy ish bilan safarga otlanishi mumkin. Shu safarni ortga sursangiz yaxshi edi.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

23 mart kuni asosiy vaqtingizni muhim hujjatlar bilan ishlash hamda mayda-chuyda yumushlar bilan bandlikka bag'ishlaysiz. Atrofdagilarning mish-mishlari ayrimlarga og'ir botishi mumkin. Mish-mishchilarning kimligini aniqlab o'z vaqtida joyiga o'tqazmasangiz, ular tobora haddan oshib boraveradi. Bugun shaxsiy hayot bilan bog'liq muammolarni nari sura turing. Bugun shaxsiy muammolar bekorga tashvish keltirishga yaraydi xolos. Kechqurun yaqinda shaxsiy biznesini ochganlarga omad kulib boqadi.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Bugungi kuningizni o'zingiz, suyuklingiz va mazali taomlarga baxshida etishingiz tavsiya etiladi. Dasturxonga shunday mazali taomlar tortilishini ta'minlangki, ko'nglingizda bahor ufursin. Lekin kechqurun ancha mushkul lahzalarni boshdan o'tkazishingiz mumkin. Yaqinlaringiz nafaqat bo'lar-bo'lmas xabarlar bilan boshingizni og'ritadi, ro'zg'ordagi jami muammolarni ham yelkangizga yuklab qo'yishadi. Ammo baribir siz baxtlisiz. Baxtingizni birovga bermang.

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

23 martda ozish istagida yurganlar zudlik bilan parhez boshlashlari zarur. Faqat bu ishni vrach maslahatiga tayangan holda amalga oshiring. Mutaxassis nazoratisiz tutilgan parhezning foydasidan ziyoni ko'proq bo'ladi. Ishda istaklaringiz va harakatlaringiz uyg'unligini saqlab qoling. Kechqurun birinchi navbatda toza havo sayrini amalga oshiring. Ba'zilarning xonadoniga kechqurun aziz mehmonlar tashrifi kutiladi.

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

Ertalabdan eng muhim ishlarni bajarish payida bo'ling. Biroq ishlaringizning barchasi oldindan puxta rejaga asoslangan bo'lishi kerak. Stixiyali harakatlar daromad keltirmaydi. Salomatlikni mustahkam tutish uchun bir qator jismoniy mashqlar jamlanmasini ado eting. Yaqin orada oilangizda tantanali bayram tadbiri tashkil etiladi. Pul yig'ishingiz kerak. Kechqurun favqulodda xabar eshitasiz.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here