MAShHUR O'ZBEK REJISSYoRI OLAMDAN O'TDI…

0

 

Mashhur rejissyor Nozim Abbosov shu yil 21 mart kuni 58 yoshida olamdan o'tdi.

Nozim Abbosov mashhur kinorejissyor Shuhrat Abbosovning o'g'li. U 1984 yildan «O'zbekfilm»da sahnalashtiruvchi rassom va sahnalashtiruvchi rejissyor sifatida faoliyat yuritgan. «Fellini» filmini yaratgach, u dunyoga tanildi. Film Varshava Xalqaro kinofestivali sovrini, 2002 yili Insbrukda o'tgan kinofestival sovriniga loyiq deb topilgan. 2000 yili esa Nozim Abbosov Buxoroda o'tgan milliy kinofestivalda «Eng yaxshi rejissura uchun» mukofotini qo'lga kiritdi.

2008 yili Abbosov «Oydinoy» filmini suratga oldi. Filmda bosh rolni ijro etgan 8 yashar Marjona Shavkatova 2009 yilgi Insbruk festivalida «Eng yaxshi aktrisa» maxsus mukofotini oldi. Rejissyor «Festival tarixiga munosib hissasi uchun» mukofotiga loyiq deb topildi.

Nozim Abbosov 2007 yili «Bu ajoyib va sirli olam», 2008 yili «So'nggi bor kechir» hujjatlari filmlarini ham suratga olgan.

Sevimli rejissyorimizni Olloh rahmatiga olgan bo'lsin! Marhumning yaqinlariga o'z hamdardligimizni bildirib qolamiz.

 

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here