ROSSIYaDA KORONAVIRUSGA UChRAGANLAR SONI ORTDI…

0

 

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinning rasman ma'lum qilishicha, mamlakatda koronavirusga uchraganlar soni 438 nafarga yetgan. So'nggi bir kecha-kunduzning o'zida jami 71 kishi virus yuqtirgani aniqlandi. Ularning barchasi Moskva shahrida yashaydi va virus ko'p tarqalgan hududlarga borish oqibatida shunday holatga tushgan.

Bugun 23 mart kuni 16 yashar qiz Moskva shahridagi yuqumli xastaliklar shifoxonasidan tuzalib chiqib uyiga yo'l olganini aytishdi. Qiz ham koronavirus yuqtirish tufayli kasalxonaga yotqizilgandi. Shunday qilib Moskva shahrida koronavirusdan tuzalganlar soni 9 kishiga yetdi.

 

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here