Surxondaryoda koronavirus haqida yolg'on xabar tarqatgan o'smir jazoga tortildi…

0

 

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida yashovchi o'smir o'zining «GroupSurxondaryo» Telegramm-kanali orqali viloyatda yangi koronavirus yuqtirish holatlari ko'zga tashlangani haqida yolg'on xabar tarqatgan. Oqibatda mahalliy aholi o'rtasida vahima ko'tarilgan.

Huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari tez orada uning shaxsini aniqladi. U Termizdagi savdo shohobchalaridan birida sotuvchi vazifasida ishlarkan. Ushbu fakt yuzasidan ma'muriy ish qo'zg'atildi. Sud qaroriga ko'ra o'smir 1 115 000 so'm miqdoridagi jarimaga tortildi.

 

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here