O'ylab ko'rdingizmi? 2020 yil 24 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

24 mart kuni tadbirkorlar nafaqat raqobatchilar, balki mijozlarni ham g'oyibona «chig'iriq»dan o'tkazishiga to'g'ri keladi. Agar reklama biznesiga ega bo'lsangiz, shtatlarni yana bir bor ko'zdan o'tkazing. Balki yangilash kerakdir? Qarindoshlari bilan sen-menga borganlar yarashishga harakat qilmasalar ham bo'ladi. Qarindoshlarning o'zi kim haq, kim nohaqligini ajratib ko'rsinlar. Kechqurun yolg'izlarga o'zi yoqtirgan inson bilan qo'ng'iroqlashish tavsiya qilinadi.

 

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

 

Bugungi kun sizdan qat'iyat va e'tiborlilikni talab etadi. Ba'zi masalalarda chigalliklar ko'zga tashlanishi mumkin. Agar bemor qarindoshlar bo'lsa, bugun ularning holidan xabar olishni unutmasligingiz tavsiya etiladi. Parvarish, mehr-oqibat ular uchun hozir suv va havodek zarur. Kunning ikkinchi yarmida xaridlarni amalga oshirishingiz mumkin. Albatta oziq-ovqat mahsulotlaridan boshqasini xarid qila olmaysiz. Lekin bu vaqtincha. Pulni yig'ib qo'yavering, kun kelib orzuingizdagi buyumlarni sotib olaverasiz.

 

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

 

24 martda oila qurmaganlardan kimdir nadomat chekishi kutilmoqda. Siz u insonning kelishgan tashqi qiyofasiga uchgandingiz. Xarakterini o'rganib ko'rmagan ekansiz. Sizga to'g'ri kelmaydigan chiqib qoldi. Daromad keltiradigan ishlarni o'z vaqtida sifatli ado etishga harakat qiling. Aks holda ko'zlangan pulni ola bilmaysiz. Jamiki iste'dodni esa moliyaviy muammolarni bartaraf etishda emas, balki ro'zg'or yumushlarida namoyish eting.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

 

Bugun sizni hatto yosh bolalar ham bemalol xafa qila oladi. Ko'nglingiz shunday noziklashib qoladi. Hamkasblarning tanqidlarini gapirmasa ham bo'ladi. Har tarafdan tanqid ostiga ola boshlashsa, chiday olarmikansiz? Chidashga to'g'ri keladi. Chunki hayot davom etmoqda. Arazlarni yig'ishtirib, dadillik bilan olg'a bosing. Ayrim masalalarda bajaradigan ishlaringiz juda murakkab kechishi mumkin. Qat'iyatni ishga soling. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling.

 

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

 

24 mart kuni tajribasi siznikidan ko'proq, ishonchli shaxslarning ketidan qolmang. Hamkasblar orasida shundaylar so'zsiz topiladi. Qarindoshlardan biri ham bir dunyo ishni qarshingizda ko'ndalang qo'yishi mumkin. Unga tushuntiring. Vaziyatni anglatishga harakat qiling. Kechqurun do'stlardan biri bilan orangizda yoqimsiz suhbat yuzaga keladi. Lekin keyinchalik u nohaqligini idrok etadi va sizdan uzr so'raydi. Omad sizga yor bo'lsin!

 

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

 

Bugun parizod burji ostida tug'ilganlarning oshpazlari, ijodkorlari va musiqachilari keng ommaga xudo bergan iste'dodini namoyish etishadi. Shundan keyin sizni nufuzli tanlovlarga taklif qila boshlashlariga sira shubha yo'q. Ayollar va qizlarga bugun kun davomida go'zallik saloniga mo'ralab o'tish tavsiya etiladi. Muhabbatda yolg'izlar uchun zulmatli lahzalar nihoyat yakun topib, quyoshli lahzalar boshlanadi. Baxtingizni bersin!

 

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

 

24 martda piyoda sayr siz uchun omadli kechmasligi mumkin. Ayniqsa, shamollaganlar tinchgina uyda o'tirganlari ma'qul. Ishni ham uyda o'tirgan holda bajarsangiz bo'ladi. Shu bahonada do'stlar bilan ham telefon orqali gaplashib olasiz. Asosiysi, o'zingizni ehtiyot qiling va organizmni jismonan zo'riqtirishdan nari bo'ling. Moddiy ahvolingizni aniq hisob-kitoblar yordamidagina yaxshiligicha saqlab qola olasiz. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Bugungi kun siz uchun xuddi meteorit kabi juda katta tezlikda o'tib ketadi. O'zingiz ham yugur-yugurlar, kimlar bilandir davomli so'zlashishlarga berilasiz. Lekin biling, bu taxlit harakatlar salomatligingizga putur yetkazishi hech gap emas. Ro'zg'oringizdagi jihozlardan biri yaroqsiz holga kelib qolganini payqab qolishingiz mumkin. Yangisini sotib olgandan usta chaqirib sozlatganingiz ma'qulroq. Kechqurun qiziqarli kitob mutolaasi bilan vaqt o'tkazing.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

24 mart kuni tushga qadar moliyaviy muammolarni a'lo darajada bartaraf etishga ulgurasiz. Yaxshiki, o'z vaqtida bajarib ulgurasiz. Yo'qsa, bankdan kredit olish yoki kimlardandir qarz ko'tarish payiga tushib qolardingiz. Xudo ko'rsatmasin. Xususiy mulk oldi-sotdisini ortga sura turing. Ammo shaxsiy ish bilan yo'lga chiqish masalasini ortga sura olmaysiz. Oilangizdagilar bu ishni faqat sizga ishonishadi. Oilaning farovonligi ham o'sha ish bilan bog'liq bo'ladi. Omad sizga yor bo'lsin!

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Ishingiz yuzasidan yuzaga keladigan muammolar kayfiyatingizni buzibgina qolmay, sizni jahl otiga mindirishi ham mumkin. Alam qiladigani shuki, bu asabbuzarliklarni birovlar paydo qiladi. Siz zudlik bilan nafas yo'llari va ruhan tinchlanish uchun yordam beradigan badantarbiya mashqlarini bajaring. Ziyon ko'rmaysiz. Yolg'iz bo'lsangiz, siz yoqtiradigan bir inson jodu kuchiga ega. Bunga kechqurun o'zingiz ham amin bo'lasiz.

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

24 martda zimmangizga yuklangan vazifalarni o'z vaqtida ado etmas ekansiz, rahbarlar tarafidan hayfsan naqd bo'ladi. Agar shunday bo'lib chiqsa, xafa bo'lishga o'rin qolmaydi. O'zingiz aybdor bo'lasiz. Sizga maslahat shuki, keyingi safar ham ishingizni o'z vaqtida bajara olmasangiz, rahbarlarga haqiqatni ayting, vassalom. Xususiy firmada ishlaydiganlarning plastik kartochkasiga kechqurun kattagina pul kelib tushishi kutilmoqda.

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

Har bir ishga, masalaga, muammoga jaydariroq qilib aytganda, sovuq kalla bilan yondashishingiz kerak bo'ladi. Agar reallikka keng o'rin bersangiz, ishlaringizni besh deyavering. Yolg'izlarga muhabbatni yanada chuqurroq his etish uchun melodramalar tomosha qilish tavsiya etiladi. Melodramalar o'zaro munosabatlarni ko'proq qadrlashga o'rgatadi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. To'g'ri ovqatlaning.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here