KORONAVIRUS ChEChENISTONGA HAM YeTIB BORDI…

0

 

Checheniston respublikasi prezidenti Ramzan Qodirov o'z mamlakatida ilk koronavirus yuqtirgan fuqaro aniqlanganini rasman ma'lum qildi. Koronavirus yuqtirgan fuqaro yaqinda xorij davlatlarining biridan uchib kelgan ekan.

Qodirovning gapi bo'yicha ayni kunlarda bemor muloqotda bo'lgan shaxslarni aniqlab topish jarayoni ketmoqda.

— Aeroportda koronavirus bo'yicha yo'lovchilarni tekshiruvdan o'tkazish uchun barcha tadbirlar ko'rib qo'yilgan, — dedi Qodirov. — Lekin ayrim fuqarolar masalani jiddiy qabul qila olishmayapti. Biz hozirda Chechenistonda ommaviy tadbirlar o'tkazishni taqiqlash, karantin masalasida ham kerakli choralarni ko'rib qo'ydik. Biz Rossiyada birinchilardan bo'lib restoran va kafelarni yopib qo'yganmiz. Kim taomga buyurtma berishni xohlasa, telefon orqali bu ishni amalga oshirishi mumkin. Ko'ngillilar yoshi ulug'larga kerakli oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishmoqda.

 

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here