Koronavirus tufayli rossiyaliklarni xorijdagi qamoqxonalaridan ozod qilish taklif etildi

0

2019 yil oktyabr oyida AQSh qamoqxonasidan ozod qilingan ayol Mariya Butina Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni koronavirus infeksiyasi xavfi tufayli AQSh, Gretsiya, Fransiya va boshqa davlatlar qamoqxonalarida jazo o'tayotgan Rossiya fuqarolarini ushlab turish yoki deportatsiya shartlarini o'zgartirishga yordam berishga chaqirdi.

Bu haqda, Butinaning Rossiya TIV rahbariga yo'llagan xatiga asoslanib TASS xabar berdi.

Butinaning so'zlariga ko'ra, chet elda hibsga olingan bir qancha rossiyaliklar, shuningdek, ularning oila a'zolari va advokatlari undan yordam so'rashgan.

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here