ROSSIYaLIK AYoL KORONAVIRUSDAN QOChIB YeR OSTIDA YaShAB TURIShNI MA'QUL KO'RGANDI. AMMO…

0

 

32 yoshli ismi-sharifi ma'lum qilinmayotgan rossiyalik ayol 42 yoshli perulik turmush o'rtog'i bilan Madridda yashardi. Koronavirus katta tezlikda mamlakat bo'ylab tarqala boshlagach, er-xotin maslahatlashib, bu balo o'tib ketguncha tog'da yashab turishga kelishishdi. Yo'lga ham chiqishdi. Toqqa yetib borgach, yer ostidan uycha kovlab yashay boshlashdi. Afsuski, qo'shimcha issiq kiyimlar, zahira oziq-ovqat olishmagan ekan. Bir necha kundan keyin eri qutqaruvchilarga qo'ng'iroq qilib yordam so'rashga majbur bo'ldi. Er-xotinni och, sovuqdan bo'lari bo'lgan bir ahvolda uyiga olib kelishdi.

Ma'lumot o'rnida shuni aytib o'tish lozimki, hozir Ispaniyada koronavirusdan o'lim topish bo'yicha rekord natija qayd etilmoqda. Jami o'lganlar soni 2182 kishiga yetdi. So'nggi bir kecha-kunduzning o'zida 462 kishi koronavirus yuqtirish tufayli vafot etdi.

 

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here