Ushbu aktrisaning singlisi va kelini kim ekanligini bilasizmi?

0

Rixsixon Ibrohimova 1937 yil 29 dekabr sanasida Toshkent shahrida tavallud topgan. Aktrisa oilada yetti farzandning biri bo'lgan. Uning singlisi ko'pchiligimizga tanish bo'lgan suxandon Nasiba Ibrohimova bo'ladi. Rixsi Ibrohimova maktabni tamomlagach, Toshkent davlat universitetining filologiya bo'limiga o'qishga kirmoqchi bo'lgan. Lekin, keyinroq otasining maslahati bilan hujjatlarini Toshkent teatr va rassomchilik san'ati oliygohiga topshirgan va imtihonlardan o'tib, ushbu oliygohda taxsil olgan.

Aktrisa o'z faoliyatini 1956 yilda hozirgi O'zbek milliy akademik drama teatrida boshlagan. Rixsi Ibrohimova ushbu teatrdagi ko'p yillik ish faoliyati davomida 50 dan oshiq spektakllarda unutilmas obrazlar yaratgan.

Aktrisa kinoga 1967 yilda suratga olingan “Integral” nomli filmidagi roli orqali kirib kelgan. U faoliyati davomida “Kelinlar qo'zg'aloni”, “Shum bola” va “Yuzsiz” kabi o'nlab bizga tanish filmlarda suratga tushgan.

Rixsi Ibrohimova kino va teatrdan tashqari radioda ham ko'p yillar faoliyat yuritgan. U “O'zbekiston” radiosida “Yoshlik, Tabassum, Dugonalar” kabi radioeshittirishlarda boshlovchilik qilgan. Bulardan tashqari aktrisa 500 ga yaqin filmlarning dublyajida ishtirok etgan.

Aktrisaning hayoti davomida muvaffaqiyatlari bilan bir qatorda qora kunlari ham ko'p bo'lgan. U Chernobыldagi atom elektrostansiyasi halokatlarini bartaraf etish vaqtida, bir guruh san'atkorlar bilan o'sha yerdagi konsert dasturida qatnashgan. Toshkentga qaytgach unda nurlanish bilan kasallanganligi ma'lum bo'lgan va buning oqibatida bir necha og'ir jarrohlik operatsiyalarini boshdan o'tkazgan.

Rixsi Ibrohimova Dalilxon ismli muhandisga turmushga chiqqan va ular bir o'g'il farzandli bo'lishgan. Aktrisaning kelini ko'pchiligimizga tanish bo'lib, u bir necha yillar oldin namoyish etiluvchi “Uy vazifasi” ko'rsatuvi boshlovchisi Hilolaxondir.

Bugungi kunda 82 yoshdan oshgan Rixsi Ibrohimova o'zining aktrisalik faoliyatini hamon davom ettirib kelmoqda.

loading...