O'ta xavfli resedivist “Damas” avtomashinasini olib qochdi

0

Andijon. 2020 yilning 19 mart kuni soat 12:30 da muqaddam sudlangan va sud tomonidan o'ta xavfli retsidivist deb topilgan 41 yoshli D.X., Shahrixon tuman Qumtepa M.F.Y. sida joylashgan sut maxsulotlari ishlab chiqarish sexi oldida fuqaro 29 yoshli I.S., tomonidan qarovsiz qoldirilgan “Damas” rusumli avtomashina saloniga yukxona eshigini ochish orqali kirib, avtomashinani yashirin ravishda olib qochgan. Ushbu avtomashinada “Shahrixon-Quva” transport qatnov yo'lining Shahrixon tumani Do'stlik MFYda harakatlanib ketayotgan vaqtida avtomashina egasi va uning tanishi tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tuman IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan fuqaro D.X.,ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “a,g” bandlari (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

“Damas” rusumli avtomashina egasi I.S., dan tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan va ko'zdan kechirilgan. D.X., esa gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

loading...