O'ylab ko'rdingizmi? 2020 yil 25 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

Sizga e'tibor va parvarish yetishmayapti. Bugun hatto ko'zlaringiz shundan belgi bera boshlaydi. Lekin do'stlikni, muhabbatni birovlardan so'rab olmang. Qadringizni biling va past ketmang. Do'stlardan biri sizni ish bo'yicha tanqid ostiga olishi mumkin. Biroq bu qo'rqinchli emas. Tanqid orangizga nifoq solmaydi. Ayollar bugun kun davomida garderoblarini yangilash haqida o'ylab ko'rishsa ziyon qilmaydi. Kechqurun suyukli insoningiz bilan shirin suhbatlar qurib vaqt o'tkazasiz.

 

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

 

25 mart kuni sayohatlar, yangi manzilga ko'chish va yirik xaridlar kutadi. Agar bularning barchasi uy va oila bilan bog'liq bo'lsa, muborak bo'lsin. Anchadan beri sizga tinchlik bermay kelayotgan bir muammo bugun ijobiy hal bo'ladi. Rahbarlar bilan suhbat paytida jiddiyroq bo'lishga harakat qiling. Hatto, jilmayishga ham urinmang. Aks holda vaziyat sizning ziyoningizga ishlay boshlashi hech gap emas. Kechqurun ovqatlanish rejimini yana bir bor ko'zdan o'tkazib qo'yishingiz tavsiya qilinadi.

 

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

 

Agar bugun ishdagi kamchiliklar, xatolaringizni bo'yningizga olmasangiz, hamkasblar orasidagi hurmatingizni yo'qotasiz. Tajribali hamkasblardan so'rab o'rganishga or qilmang. Immunitetingiz tushganligi aniq. Uni mustahkamlash payida bo'ling. Ko'proq meva, sabzavotlar yeng. Afsuslanmaysiz. Faqat ularni supermarketdan sotib olishingiz tavsiya etilmaydi. Kechqurun ayrimlar safarga otlanishi kutiladi. Safaringiz bexatar bo'lsin!

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

 

25 martda sizdagi g'urur yuksaklarga yetishi kutilmoqda. Mag'rurlik bilan qadam tashlay boshlaysiz. Ko'rishsin, havas qilishsin. Faqat hasad qilishmasa bas. Yangi loyihalarni hayotga tadbiq etish qo'lingizdan keladi. Olg'a bosing. Shaxsiy hayotda yetakchilik qilishga urinmaganingiz ma'qul. Yaqinlaringiz zo'r keladi. Undan ko'ra qaysarlikni tashlang-u, yon bering. Kechqurun ayrimlarga sport bilan mashg'ul bo'lish har taraflama yordam berishi mumkin.

 

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

 

Vaqtni tez-tez nazorat qila boring. Shunday qilingki, organizmingiz jismonan zo'riqmasin. Vaqtida ishlang, vaqtida dam oling. Shu jumlalarni shior qilib oling. Jismoniy holatingiz juda yaxshi ko'rinishda bo'ladi. Lekin unga ishonib yana yangi vazifalarni zimmangizga yuklab olmang. Do'stlar bilan muloqotda bahslashmang. Yolg'izlarning ayrimlari kechqurun romantik uchrashuvga otlanishi kutilmoqda. Bugungi uchrashuv tarixiy bo'ladi. Siz bo'lg'usi juftingiz bilan to'y kunini belgilab olishingiz ehtimolga yaqinroq.

 

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

 

25 mart kuni sizga nisbatan yuqoridan turib munosabat yuritadiganlar, burni osmondalarni pastroq tushirib qo'yishga harakat qiling. Ularga optimist nazari bilan boqing. Psixolog rolini ijro qiling. Siz bu rolni uddalay bilasiz. Tantanali tadbirlardan voz keching. Pulingiz baribir yetarli emas. Bu tadbir yubiley bo'lib chiqishi xam mumkin. Yubileyga esa quruq qo'l bilan borib bo'lmaydi. Kimki kechqurun olis safarga otlansa, adolatsizlikka duch kelishi turgan gap. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

 

Agar ertalabdan bir dunyo ishni yelkangizga yuklagan holda harakat boshlasangiz, kuningiz juda og'ir kechishi tayin. Negaki, ish og'ir bo'ladi. Yordam beradigan odam topila qolmaydi. Bir o'zingiz mustaqil tarzda ish bajarishingiz kerak bo'ladi. Moliyaviy masala kechki paytga yaqin ijobiy hal bo'lishi kutilmoqda. Plastik kartochkangizga yaxshigina pul kelib tushadi. Demak, sira o'ylanmay xaridlarni amalga oshiraversangiz bo'ladi. Salomatlikni asrang.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

25 martda yolg'izlardan kimlardir bo'lg'usi jufti hisoblanmish bilan munosabatlarga nuqta qo'yishi mumkin. Basharti ayrilishni istamasangiz, sabr qilishingiz lozim. Xushomadlarga, sovg'a-salomlar hadyasiga zo'r bering. Bu tanlaganingiz erkalab ketganidan emas. Ayb sizda. Shunday ekan, birinchi bo'lib yarashish va munosabatlarni mustahkamlash yo'lida siz qadam tashlashingiz kerak. Kechqurun ko'pchilik vaqtini madaniy tarzda tashkil etadi.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Professional kasbingiz bilan bog'liq ishlarni bajarishda arzimagan muammo paydo bo'lsa ham darhol rahbarlaringizga ma'lum qiling. Yuzaga keladigan har bir vaziyatni qat'iy nazoratda ushlang. Salomatlikka ham alohida e'tibor bilan yondashishingiz talab etiladi. Kimlardir shamollashi mumkin. Surunkali xastaliklar qo'zg'alishi ham ehtimoldan xoli emas. Ikkala holatda ham albatta vrachga murojaat etishingiz lozim. Omad sizga yor bo'lsin!

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

25 mart kuni ilgarigi kunlardan qolgan ishlarni birinchi navbatda oxiriga yetkazib qo'yishingiz so'raladi. Avtomobili borlar uchun bugungi kun u qadar omadli kechmasligi mumkin. Tirbandlik, jarimalar, ballon teshilib qolishi kabilar giriboningizdan oladi. Agar erinmasangiz, bugun faqat jamoat transportidan foydalansangiz ham yomon bo'lmaydi. Benzin pulini iqtisod qilib qolasiz. Xavfdan nari bo'lasiz.

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

Bugun avvalo ovqatlanish tartibiga e'tibor qarating. Mabodo birov sizga yegulik hadya etmoqchi bo'lsa, intellegentlarcha rad etib qo'ya qoling. Zaharlanishingiz xavfi bor. Faqat uyingizda pishirilgan taomlar iste'moli bilan cheklaning. Ba'zilar kun davomida allergiya, diareyadan bezovta bo'lishi mumkin. Oila qurmaganlarni bugun kechqurun romantik uchrashuv kutib turadi. Faqat uchrashuvga kech qolmang. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

25 martda xaridlarni amalga oshirsangiz, sotuvchi tomonidan beriladigan cheklarni yaxshilab kuzatishni unutmang. Sizni aldashlari mumkin. Arzimagan buyum sotib olib katta pulga chuv tushishingiz ehtimolga yaqin. Kunning ikkinchi yarmida telefon orqali juftingiz bilan aytishib qolishingiz ham hech gap emas. Yon berib qo'ya qoling. Ortiqcha janjallar yaxshilikka olib kelmaydi.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...