XITOY KORONAVIRUSI. 24 MART TAFSILOTLARI…

0

 

Jons Xopkins universiteti xabariga ko'ra, 24 mart hisobi bo'yicha dunyo miqyosida koronavirus yuqtirganlar soni 381 ming 499 kishiga yetgan. 16 ming 557 kishi olamdan o'tgan. 101 ming 749 kishi tuzalib kasalxonalardan chiqqan.

Italiyada koronavirus yuqtirganlar 63 ming 927, Ispaniyada 35 ming 136, Fransiyada 20 ming 123, Angliyada 6 ming 726, Niderlandiyada 4764, Germaniyada 29 ming 56, Shveysariyada 8 ming 795, Belgiyada 3743, Shvetsiyada 2043, Portugaliyada 2060 kishidan iborat bo'ldi. Koronavirus tufayli o'lim topganlar Italiyada 6 ming 77, Ispaniyada 2 ming 311, Fransiyada 862, Angliyada 336, Niderlandiyada 214, Germaniyada 123, Shveysariyada 120, Belgiyada 88, Shvetsiyada 27, Portugaliyada 23 kishiga yetdi.

Angliyada uch haftalik karantin holati e'lon qilindi.

Kubada barcha sayyohlar izolyatsiya holatiga tushirildi. Niderlandiyada ikki kishidan ortiq odamning muloqoti taqiqlab qo'yildi va barcha turdagi tadbirlar yozga qadar to'xtatildi.

Armanistonda kafe, restoranlar faoliyati to'xtatildi.

Nyu-Yorkda 24 martdan koronavirusga qarshi yangi dori vositasi klinik sinovlarga jalb etildi.

 

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here