Yaponiya hukumati Olimpiadaning o'tkazilishiga nega qarshi chiqmoqda?

0

Xabaringiz bor, bir necha kun oldin Xalqaro Olimpiya qo'mitasi joriy yilning iyul-avgust oylarida bo'lib o'tishi belgilangan Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarining o'z vaqtida o'tkazilishini ma'lum qilgan edi.

Ammo, Yaponiya hukumati to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasining o'z vaqtida o'tkazilmasligi mumkinligi haqida fikr bildirishdi. Sababi butun dunyo bo'ylab tarqalib borayotgan va inson salomatligi uchun katta xavf tug'dirayotgan koronavirus pandemiyasi Olimpiya o'yinlarining o'tkazilishiga ta'sir ko'rsatmay qolmaydi.

Ma'lum qilinishicha, Yaponiya tomoni bir necha yillardan beri o'tkazilishi uchun katta tayyorgarlik ko'rib kelinayotgan Olimpiya o'yinlarining bo'lib o'tishiga qarshi chiqmoqda.

Bu fikrni shaxsan Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe ham tasdiqladi. Buning uchun esa hukumat Olimpiadani kechroq muddatda o'tkazilishiga ham tayyor.

“Musobaqani kechiktirish qarorini qabul qilishdan qochib qutula olmaymiz. Hozirgi sharoitda Olimpiadani to'laqonli o'tkazib bo'lmaydi. Sportchilarning va boshqa ishtirokchilarning salomatligi biz uchun birinchi o'rinda turadi”, deb aytib o'tgan Abe.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here