Ispaniya bosh vaziri o'rinbosari koronavirus yuqtirdi…

0

 

So'nggi ma'lumotlarga qaraganda, Ispaniya bosh vaziri o'rinbosari 62 yoshli Karmen Kalvo xonim koronavirus yuqtirgan. U birinchi marta tahlil topshirganda, koronavirus tasdiqlanmagan. Lekin tibbiyotchilar shubhaga boraverishdi. Karmen Kalvo ikkinchi marta tahlil topshirdi. Ana shunda haqiqatan virus yuqtirgani ma'lum bo'ldi. Karmen Kalvo shu zahoti karantinga tushirildi.

Eslatib o'tamiz, Ispaniyada koronavirus yuqtirganlarning umumiy soni 47 ming 610 kishiga yetdi. 3434 kishi olamdan o'tdi. So'nggi bir kecha-kunduzda 738 kishi o'lim topganligi ma'lum qilingan.

loading...