O'ylab ko'rdingizmi? 2020 yil 26 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

26 mart kuni avvalo yaxshilik baribir qaytishi haqida o'ylab ko'ring va odamlarga kun mobaynida faqat yaxshilik qiling. Xayriya maqsadlaridagi sezilarli harakatlar, yoqimli sovg'alar sizga hech bo'lmaganda xudodan albatta qaytadi. Bugun samolyotda parvozlar, olis safarga otlanish muvaffaqiyatli kechadi. Ishxonangizdagi martabangiz yuqorilaydi. Moliyaviy muammolaringiz xamirdan qil sug'urgandek yengil bartaraf etiladi. O'zingizni ehtiyot qiling.

 

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

 

Bugun eng avvalo o'zingiz, keyin o'zgalarga yordam qo'lini cho'zing. Shaxsiy hayotingizni o'z holiga tashlab qo'ygandeksiz. Uni avaylang. Professional kasbingiz doirasida izlanishlardan charchamasligingiz, astoydil ishlashingiz zarur. Ayollarimiz mabodo bugun tashqi qiyofasi ustida ishlashni ixtiyor etsalar, marhamat qilib mashg'ulotlar zaliga borishlari kerak. Fitnes klublar ham sira xalal bermaydi. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

 

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

 

26 martda kayfiyatingiz negadir tushkun holatda bo'lishi mumkin. Ishxonangizdagilar ham sira tushuna olmay yelka qisa boshlashadi. Siz bunday kayfiyatga so'z bermasligingiz lozim. O'zingizni qo'lga oling va sun'iy tarzda bo'lsa ham pozitiv sari talpining. Kechki payt ko'chadami, supermarketdami qiziqarli uchrashuvni boshdan kechirishingiz kutiladi. Salomatligingiz haqida birinchi navbatda qayg'urishingiz so'raladi.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

 

Ertalabdan ishxonangizdagi rahbarlardan tanbeh eshitishingiz kutilmoqda. Zimmangizga yuklangan muhim vazifani ko'ngildagidek uddalay olmagan bo'lib chiqasiz. Demak, malaka oshirish payti yetdi. Qanday usul yordamida bo'lmasin, ishingiz bo'yicha bilim va tajribangizni oshirmasangiz, mana shunaqa tanbehlarni eshitib yuraverasiz. Ro'zg'ordagi muammolar haqida o'ylamasangiz ham bo'ladi. Ularni oila a'zolaringizning o'zlari bartaraf etib qo'yishadi.

 

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

 

26 mart kuni uyqudan erta turib, vaqtli ko'chaga chiqsangiz, kissangizga albatta baraka kiradi. Masofadan turib bajariladigan ishlar bo'lsa ham daromad keltirsa bas, darhol bajarishga tushavering. Jismoniy mehnat joniga tekkanlar qo'lidan kelsa aqliy mehnat turini tanlasinlar. Juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz bilan orangizda kelishmovchiliklar yuzaga kelish ehtimoli bor. Bir-biringizni tushuna olmasligingiz sababli ham shunday kelishmovchiliklar kelib chiqadi. Bu masalada ijobiy ishlar qilish haqida o'ylab ko'ring. Omad sizga yor bo'lsin!

 

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

 

Tadbirkorlar ertalabdayoq faqat raqobatchilarni qanday yo'q qilish haqida o'ylay boshlashlari mumkin. Haqiqatan, biznesda raqobatchi xavfli dushmandan ham xavfliroq. Ammo bu ishni yaxshilikchasiga, imi-jimida hal etsa ham bo'ladi. O'ylab ko'ring. O'zingiz ham bo'shashmang. Astoydil oldinga intiling. Stressli lahzalardan nari bo'ling. Har bir vaziyatdan hazil yordamida chiqib ketishga harakat qiling. Xizmat safariga bora olmaysiz. Chunki yo'llar yopiq. Surunkali xastalikka yo'liqqanlar o'zlarini ehtiyotlash choralarini ko'rsalar maqsadga muvofiq bo'lardi.

 

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

 

26 martda kuningiz yugur-yugurlardan iborat bo'lishi kutilmoqda. Lekin yo'lingizda bir inson uchraydiki, u aytgan gaplar albatta sizga yengillik hadya etadi. Ish ko'p. Ammo bardosh qilishdan bo'lak chorangiz ham yo'q. Bugun fitnes, yoga va raqs kabi mashg'ulotlar muvaffaqiyatli kechadi. Agar kechqurun do'stlaringiz bilan hammomga borishni rejalashtirgan bo'lsangiz, albatta borishingiz tavsiya etiladi. Salomatligingiz haqida qayg'urish ham esingizdan chiqmasin.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Bugungi kun chayon burji vakillari uchun yengil kechmaydi. Ishlaringizni uddalab ulgurmayotganingiz tufayli vijdon azobida qolishingiz ham hech gap emas. Lekin bu azobdan sizni hamkasblardan biri qutqarishi kutilmoqda. Uyingizda ta'mir ishlari boshlanishi ehtimolga yaqin. Ta'mir bo'lmaganda ham uydagi jihozlar joyini o'zgartirishingiz tayin. Faqat bu ishlarni qarindoshlar ishtirokida amalga oshirasiz.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

26 mart kuni aqlli va hushyor do'stlar maslahatiga quloq tuting. Agar ishingiz murakkab chiqsa, o'sha do'stlaringiz sizga yordam qo'lini cho'zishlari mumkin. Rahbarlar esa sizdan natija kutadi. Professionalligingizni bugun ham ajoyib tarzda ko'rsata olsangiz, mukofotdan quruq qolmasligingiz kafolatlanadi. Yolg'izlardan biri orzusidagi insonni uchratishi kutiladi. Siz bir ko'rishda uni sevib qolasiz, ishoning.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Bugun oilalilar bolalarning quloqsizligidan bezor bo'lishi mumkin. Ularga nima mumkin, nima mumkin emasligini tayinlayverib charchaysiz. Bugun kunning birinchi yarmida tibbiy ko'rikdan o'tish amali xayrli kechadi. Kunning ikkinchi yarmida ayrimlarning xonadoni mehmonga to'lishi mumkin. Ayrimlar esa uydagi turli bo'lar-bo'lmas mashmashalardan toliqadi. Asabni asrang. Oshqozoningiz og'riy boshlaganini payqasangiz, parhezga o'ting.

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

26 martda ba'zi do'stlarimiz uy ta'miri bilan band bo'ladi. Ayrimlar esa mayda-chuyda ishlar bilan o'ralashib vaqt o'tkazishi mumkin. Yolg'izlar muhabbat bobida jiddiy to'siqlarni yengib o'tishlari kerak bo'ladi. Sira ko'nglingizdagi insonni topa olmay ovora bo'ldingiz. Topganlaringiz, uchratganlaringiz qaysidir jihati bilan sizga yoqmay qolaveradi. Kechqurun yaqin insoningiz bilan ko'chada piyoda sayr qiling. Toza havodan to'yguncha simiring.

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

Tabiatan to'g'riso'zsiz. Shuning uchun yolg'on so'zlaydiganlarni xo'sh ko'rmaysiz. Atrofdagilar bilan to'g'rilikcha munosabat yuritishda, muloqot qilishda davom eting. Bir kun natijasini albatta ko'rasiz. Sayohatga ketganlar hayotida bugun quvonchli lahzalar namoyon bo'ladi. Kechqurun moddiy ahvolingizni yaxshilash masalasida badavlat tanishlardan biri yordam ko'rsatishi mumkin. Minnatdorchilik bildirishni unutmang. Salomatligingiz pand bermaydi. Bundan xavotir olmasangiz ham bo'ladi.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...