MIB G'allaorolda 15 ta oilani yarashtirdi

0

Farzandni kamolga yetkazish, to'g'ri tarbiya berish, har tomonlama barkamol qilish har bir ota-onaning vazifasi va burchidir. Ammo jamiyatimizda bu vazifa va burchga bepisant hamda e'tiborsiz bo'lgan ota-onalar ham uchrab turadi.
Ota-onadagi ma'suliyat va burchni yanada oshirish maqsadida Majburiy ijro byurosi G'allaorol tuman bo'limi tomonidan voyaga yetmagan farzandlarning o'z yaqinlari bag'riga qaytishlari uchun xayrli ishlar jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
Hususan, davlat ijrochisi Sh.O'rozboyev va tumandagi mahalla faollari, oqsoqollar ishtirokida ajrim yoqasidagi oilalar qarzdor hamda undiruvchilar o'rtasida tushuntirish ishlari, profilaktik tadbirlar amalga oshirilib, mart oyining 18 kuni davomida sud qaroriga asosan aliment undirish haqidagi jami 15 nafar ijro hujjati bo'yicha qarzdor va undiruvchilarga huquqiy maslahatlar, tavsiyalar berilib, ularning yarashtirilishiga va oila mustahkamligiga erishildi.
Bu boradagi xayrli va ezgu ishlar yana davom ettirilmoqda.

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here