MIB uyma-uy yurib: Aholining to'lovlarni o'z vaqtida amalga oshirmasligi qarzdorliklarning ko'payishiga sabab bo'ladi

0

Joriy yilning 25 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyatining Chinoz tuman bo'limi xodimlari karantin davrida xonadonma-xonadon yurishga majbur qilinayotganligi  haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarda Byuroning Toshkent viloyat boshqarmasi Chinoz tumani bo'limi inspektorlari karantinli vaziyat bo'lishiga qaramasdan, uyma-uy yurishga majbur bo'lishayotganligi bayon qilingan.

Ushbu xabarlar bo'yicha o'tkazilgan tekshiruvga ko'ra, hozirda Majburiy ijro byurosi Chinoz tumani bo'limida jami 52 ta shtat birligi mavjud bo'lib, shundan 45 ta shtat birligida xodimlar ishlab kelayotgani ma'lum bo'ldi.

Bo'lim tomonidan karantin davrida 22 nafar xodim o'z arizalariga asosan, o'z hisobidan mehnat ta'tiliga chiqarilgan bo'lib, 13 nafar davlat inspektori esa ishlab kelishmoqda, xodimlarning ish vaqti soat 09:00 dan 18:00 ga qadar davom etayotganligi, davlat inspektorlari belgilangan vazifalardan kelib chiqib, xonadonlarning hisoblagichlarini ko'rikdan o'tkazib, qarzdorligi aniqlangan iste'molchilarni esa bu haqida ogohlantirib kelmoqda.

Byuroning Chinoz tuman bo'limi davlat inspektorlari kunlik ish faoliyatini tashkil qilishda tegishli profilaktik va xavfsizlik choralari ko'rilib, jamoat va ish joylarida niqob (maska)larda yurishi yo'lga qo'yilgan, asosiysi, iste'molchilar bilan masofadan turib muloqot qilinmoqda.

Shuningdek, bo'lim tomonidan fuqarolarga qulaylik yaratish, yani xodimlar bilan yaqin muloqotga chek qo'ygan holda hisob-kitobni to'g'ri amalga oshirish uchun har oy tabiiy gaz va elektr energiyasi hisoblagich ko'rsatkichlarini fotosuratga olib, o'zlari yashab turgan hududidan Byuroning Chinoz tuman bo'limining tegishli “Telegram” tarmog'idagi kanaliga onlayn tarzda yuborishlari haqida ham tushuntirishlar berilmoqda.

Byuroning Chinoz tuman bo'limi xodimlarining alohida xizmat o'tash sharoitlarini inobatga olib, ularga nisbatan tegishli ijtimoiy muhofaza choralari, dam olish, moddiy ahvolini yaxshilash, mehnat ta'tilini olish va tibbiy xizmatdan bepul foydalanish huquqlari kafolatlangan.

Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasi

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here