ROSSIYa XALQ ARTISTI LEV LEЩENKONI KASALXONANING JONLANTIRISh BO'LIMIGA O'TKAZIShDI…

0

 

Kuni kecha Rossiya Xalq artisti Lev Leщenko rafiqasi bilan Moskvadagi koronavirus yuqtirganlar uchun mo'ljallangan kasalxonaga murojaat etgani haqida xabar qilgandik. 25 mart kuni xonandaning ahvoli og'irlashdi. Nafas olishida jiddiy muammo paydo bo'ldi. Qoni tarkibidagi kislorod miqdori kamayib ketdi. Uni darhol kasalxonaning jonlantirish bo'limiga o'tkazishdi.

Aytishlaricha, hozir ahvoli ancha yaxshilangan. Muolajalar olishda davom etyapti.

Leщenkoning yaqin do'stlaridan biri Vladimir Vinokur aytdiki, xonanda koronavirusga uchramagan, aksincha, o'pkasida muammo bor ekan. Albatta tashhisni vrachlar qo'yadi. Leщenko aynan qanday kasalga yo'liqqanini ular aniqlashadi.

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here