Samarqandda “Marixuana” giyohvandlik moddasi hamda patronlar fosh etildi

0

Bojxonachilar tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.

Xususan, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo'limi xodimlari tomonidan Urgut tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro S.Z.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko'zdan kechirildi.

Mazkur tadbirda giyohvandlik va portlovchi moddalarni qidirib topishga mo'ljallangan “Zevs” va “Daggi” laqabli xizmat itlari yordamidan ham samarali foydalanildi.

Natijada, ushbu shaxsning xonadonida 5 dona selofan paketlarga solingan, vazni 810,06 gramm bo'lgan, yashil rangli o'tkir xidli “marixuana” giyohvandlik vositasi, shuningdek, ruxsatnoma muddati o'tgan 1 dona “TOZ” rusumli 12 kalibrli qo'shotar ov quroli, 27 dona bo'sh 12 kalibrli gilzalar va hujjatlari bo'lmagan 6 dona kichik kalibrli o'q otish quroli uchun mo'ljallangan patronlar saqlanayotgani fosh etildi.

Shundan so'ng tadbir davom ettirilib, fuqaro S.Z.ning Samarqand shahridagi xonadoni ham xolislar ishtirokida ko'zdan kechiriladi. Xonadondan 1 dona polietilen paket ichiga solingan vazni 4,6 gramm bo'lgan yashil rangli o'tkir hidli “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi ma'lum bo'ldi.

Tadbir natijasida, jami vazni 814,66 gramm bo'lgan “marixuana” giyoxvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olib qo'yildi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

loading...