O'ylab ko'rdingizmi? 2020 yil 27 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

Bugun har bir rejangizni qayta-qayta nazoratdan o'tkazishingiz, kerak bo'lsa, qaytadan puxtalab chiqishingiz talab etiladi. Hech narsani o'zgartirishga urinmang. Har bir ish o'z vaqtida ado etilgani durust. Shaxsiy hayotda eski va sinalgan usullardan foydalangan holda ish tuting. Ana shunda juftingiz bilan o'zaro munosabatlaringiz yana yorqinlik qurshovida bo'ladi. Salomatlikni asrang. Asabni ehtiyot qiling. Gigienaga qat'iy amal qiling.

 

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

 

27 mart kuni yirik xaridlarni amalga oshirasiz va bu sizni juda mamnun torttirishi tayin. Demak, behuda pul yig'magansiz. Ular koringizga yaradi. Ish jarayoningizda sezilarli muammolar ko'zga tashlanishi mumkin. Imkon doirasida o'zingizga nisbatan tajribasi ko'p hamkasblardan nimalarnidir o'rganishga intilavering. Shunda kelajak rejalaringiz ijobiy natija beradi. Kechqurun eski qadrdonlaringizdan biri qiziqarli xabarlar yetkazadi.

 

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

 

Kunning birinchi yarmida kelajak rejalar tuzishga shu qadar mukkangizdan ketasizki, hozirgi ishlarni butkul unutasiz. Natijada garmoniya g'oyib bo'ladi. Tanangizda kuchli toliqish his eta boshlaysiz. Agar rosmana kasallanishni istamasangiz, profilaktikaga e'tibor qarating. Surunkali xastaliklar bugun favqulodda qo'zg'alib bezovta qilishi mumkin. Muolajalar olish payti yetdi shekilli. O'zingizni ehtiyot qiling. Omad sizga yor bo'lsin!

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

 

27 martda juda ko'p ter to'kishingizga to'g'ri keladi. Ishlaringiz boshingizdan oshib toshadi. Nafas rostlashga-da vaqt bo'lmasligi mumkin. Lekin oxiri baxayr bo'ladi. Ishingizga yarasha haqini ham olasiz. Bugun sartaroshxonaga borish muvaffaqiyatsiz kechishi mumkin. Yaxshisi, bu amalni boshqa kunga qoldiring. Yolg'iz bo'lsangiz, muhabbat, juft haqida orzulashni to'xtatavering. Qachon kelsa shunda orzulayverasiz.

 

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

 

Bugun shaxsiy muammolaringizni o'zgalar bilan birgalikda muhokama qilishga tushsangiz, tamom, kechgacha o'tirib qolishingiz ham hech gap emas. Bekorga charchab, toliqqaningiz qoladi. Biling, shaxsiy hayotingiz doimo kadr ortida qolgani yaxshi. Organizmingizga jiddiy ziyon yetkazib qo'ymasidan zararli odatlarni tashlay boshlang. Shunday sport turini topingki, shug'ullanib maza qiling. Serqatnov yo'llarda ehtiyotingizni qiling.

 

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

 

27 mart kuni mo''jiza yaratish iste'dodingiz ko'zga tashlanib qoladi. Kechqurun esa u sizga bir dunyo olqishlarni hadya etadi. Yaxshiki, shunday ajoyib g'oyalarni bugunga deb asrab qo'ygan ekansiz. Huzurini ham ko'ring-da. Kunning ikkinchi yarmida ortingizdan g'iybat qiluvchilar ko'paya boshlaganini his etasiz. Ularni aniqlab joyiga o'tqazib qo'ysangiz ham ziyon ko'rmaysiz. Surunkali xastalikka chalinganlar o'zlarini nihoyatda ehtiyot qilishlari kerak. Kechqurun plastik kartochkangizga pul kelib tushishi mumkin.

 

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

 

Agar bugun g'iybatchilar orasiga bilib-bilmay qo'shilib qolsangiz, o'zingiz ham ularning biriga aylanishingiz hech gap emas. U holda boshingiz tanbehlar, ayblovlardan chiqmay qoladi. Shuning uchun ko'nglida kiri ko'plardan nariroq yuravering. Haqligingizni kimlargadir isbotlashga ham urinmang. Baribir foydasi yo'q. Juftingiz, yaqinlaringiz sizni ishingizga, hatto jonsiz buyumlarga ham rashk qila boshlashi mumkin. Bu bilan faxrlansangiz, g'ururlansangiz arziydi.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

27 martda shaxsiy hayotingiz bilan bog'liq muammolar yuzaga kelishi kutiladi. Qaysidir yaqinlaringiz bilan ochiqchasiga gaplashib olishingizga to'g'ri keladi. Shunday bo'lib chiqsa, ko'nglingizda borini gapirib oling. Moliyaviy masalada kuningiz yomon kechmaydi. Ammo xaridlar ko'p bo'ladi. Pullaringizni bo'lar-bo'lmasga sarflab yuborishingiz xavfi bor. Kimlardir kechqurun xizmat safariga jo'nab ketishi kutiladi. Bu holat firmalarda ishlaydiganlar hayotida yuzaga kelishi mumkin.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Ertalab o'qotar burji ostida tavallud topganlar yolg'iz qolishni ixtiyor eta boshlashadi. Ba'zida yolg'iz qolib ham turish kerak. Shu bahonada o'ylab, mulohaza qilib olasiz. Pul masalasida sergak turing. Sizni kimlardir chuv tushirib ketishi mumkin. Oilalilarga maslahat shuki, farzandlaringiz emotsiyani jilovlashga o'zlarida kuch topa olishmaydi. Ularga yordam kerak. Tinchlantiring, chalg'iting. Kun davomida ko'proq piyoda sayr qiling. Ovqatlanishingizga e'tibor bilan yondashing.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

27 mart siz uchun san'at kuniga aylansa ne ajab. U holda ma'naviy hayotingiz to'kin kechgan bo'lardi. Kimlardir ko'rgazmali zallarni tomosha qilish, yana kimlardir kechqurun konsertga borib hordiq chiqarishga oshifta bo'ladi. Agar yolg'izlikni istayotgan bo'lsangiz, hech kimni sherik qilib o'tirmang. Moliyaviy sohani sira qayg'urmasangiz ham bo'ladi. Bu muammo o'z vaqtida ijobiy hal bo'ladi inshoolloh. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

Yolg'izlar oilaviy hayotni qullik, tutqunlikka yo'yishsa, buni amalda isbotlashlari kerak. Tanlaganingiz bor. Ammo dil izhoringizni hech qachon eshitmagan. Chunki bu haqda hanuz sukut saqlamoqdasiz. Sukut saqlashda davom eting. Hamma ishning o'z vaqt-soati bor. Kunning ikkinchi yarmida yaqinlaringizdan biri u qadar yoqimli bo'lmagan xabar yetkazib kayfiyatingizni buzishi mumkin. Ammo bu holat uzoq davom etmaydi. Siz yana pozitivga ega bo'lasiz.

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

27 martda do'stlaringizdan birini moliyaviy inqiroz girdobidan tortib olishingiz talab etiladi. Yo'q, unga pul qarz berishingiz shart emas. Qimmatli maslahatingiz yetib ortadi. Mabodo o'zingiz ham shunday girdobga tushib qolmasangiz, albatta do'stingizga yordam berasiz. Kechqurun basseynda cho'milish mashqlari salomatlikni tiklashda katta yordam beradi. Olis safarga chiqishdan voz keching.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here