TOShKENTDA KARANTIN TALABINI BUZGAN KELIN-KUYoV MILISIYa BO'LIMIGA OLIB KELINDI…

0

 

Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi oilalardan birida «Kuyov navkar» marosimi tashkil etilgandi. Vaholanki, hozir shaharda to'y va boshqa marosimlar o'tkazish tugul ikki kishdan ortiq odamning to'planishi taqiqlab qo'yilgan. Militsiya xodimlari bu marosimdan xabar topgach, boshqalarga qo'shib kelin-kuyovni ham to'y liboslarida militsiya bo'limiga olib borishdi. Kuyovning otasi aytdiki, ular to'y qilish fikridan uzoq bo'lishgan. Faqat ikki yosh birga yashay boshlashi uchun shu marosimni o'tkazishga ahd qilishibdi. To'yni esa karantindan keyin o'tkazishga kelishishibdi. Nima ham qilishsin. Endi qonunbuzarlar respublika ma'muriy kodeksi moddalariga asosan javobgarlikka tortiladi.

 

loading...