XONANDA MAVLUDA ASALXO'JAYEVA KARANTINGA HAM QARAMAY TO'YDA QO'ShIQ KUYLAMOQDA… (VIDEO)

0

 

Internet saytlarida bu to'yning videoroligi allaqachon  tarqalib ulgurdi. Unda xonanda Mavluda Asalxo'jayevaning tibbiyot niqobi va qo'lqop kiygan holda qo'shiq kuylashi tasvirlangan. Bu videolavhada kelin-kuyovning hovlidan ichkariga kirib kelishi ham aniq-tiniq ko'rsatilgan. To'ydagi mehmonlarning ayrimlaridagina tibbiyot niqobi bor. Aksariyat mehmonlar niqob taqishmagan. Taxminlarga ko'ra, ushbu to'y Toshkent shahrida bo'lib o'tgan.

Vaholanki, hozir koronavirus tobora keng tarqalib borishi munosabati bilan ommaviy tadbirlar, jumladan, to'y-ma'rakalar, xullas odam ko'p to'planadigan tadbirlar o'tkazish taqiqlangan. Mana, kuni kecha Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi xonadonlardan birida “kuyov navkar” marosimi o'tkazilgani bois boshqalarga qo'shib kelin-kuyovni ham militsiya bo'limiga olib ketishgandi. Ular respublika ma'muriy kodeksining tegishli moddalariga asosan jarimaga tortildi.

upl.uz

 

loading...