Toshkentda 2 yil boshpanasiz yurgan oilaga ko'mak ko'rsatildi

0

Fuqarolik ishlari bo'yicha Mirobod tumanlararo sudining 19.02.2018 yildagi 1004-7596/18-sonli ijro varaqasiga asosan, qarzdor B.Saliyevdan undiruvchilar S.S., M.S., U.S.larning uch nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Iltifot ko'chasi, 22-uyga yashash uchun kiritib qo'yilishi va foydalanish huquqi belgilanishi ko'rsatilgandi.

Ammo sud qarori chiqqan, oradan 2 yil o'tgan bo'lishiga qaramay ijro hujjati ijro bo'limiga kelib tushmagan. Natijada undiruvchilar boshpanasiz, sarson bo'lib yashagandi.

Shundan so'ng indiruvchilar S.S., M.S., U.S. 2020 yilning 10 fevralida Majburiy ijro Byurosining Yashnobod tuman bo'limiga sud qarorini taqdim etib, qarindoshi B.S. tomonidan o'z uylariga kirib yashashlariga to'sqinlik qilib kelayotganligi, o'zaro murosaga kelmaganligini bildirishib, yordam so'ragan.

Davlat ijrochisi tomonidan mazkur ijro ishi qo'zg'atilib, qarzdorga sud qarorining ijrosi uchun  ixtiyoriy 15 kunlik muddat berilgan.

Afsuski, qarzdor davlat ijrochisining qonuniy talabini bajarmagan. Natijada majburiy ijro harakatlariga kirishildi. Olib  borilgan ijro harakatlari davomida 2020 yilning 06 mart kuni undiruvchilar S.S., M.S., U.S. va ularning voyaga yetmagan 3 nafar farzandi uyga kiritildi.

Endilikda 2 yil boshpanasiz yurgan oilaning baxti butun bo'ldi va ular o'z xonadonida shodon yashamoqda.

loading...