OLIMLAR OYNING USTKI QISMI UZRA O'ZGA SAYYoRALIKLAR KEMASINI KO'RIShDI…

0

 

Bu voqea 2020 yil 29 mart kuni sodir bo'ldi. Bir guruh olimlar Yer yo'ldoshi uzra o'zga sayyoraliklarning tovoqsimon fazo kemasi parvoz qilayotganiga guvoh bo'lishdi. Ob'yekt maxsus teleskoplar orqali ko'zga tashlangan.

Ufologlar ilgari ham Oy uzra o'zga sayyoraliklar fazo kemalari parvozini ko'p marotaba ko'rishgan. Lekin hanuz ular bir to'xtamga kela olishmayapti. Birovi bu o'zga sayyoraliklar kemasi desa, boshqalari ushbu holatni illyuziyaga yo'yish bilan cheklanmoqda. Bu galgi kuzatuvlar ham xuddi shunday bahslarga sabab bo'lishi tayin. Ammo bir gap bor. Shamol bo'lmasa daraxtning uchi qimirlamaydi. O'zga sayyoraliklar mavjuddirki, deyarli har kuni odamlar ko'ziga ko'rinishdan tiyilmaydi. Afsuski, Yerdagi mutaxassislar hali hanuz ushbu sirli mavjudlikning tagiga yeta olmay halak.

loading...