TURKIYa SURIYa QO'ShINLARIGA QARShI RAKETA HUJUMLARINI AMALGA OShIRDI…

0

 

Turkiya qo'shinlari Suriyaning Xasaka viloyatiga qarashli Tal-Tamr shahrida Bashar Asad armiyasiga qarshi raketa hujumlarini amalga oshirgan. Shu haqda Suriyadagi inson huquqlarini nazorat etish monitoring markazi mutasaddilari rasman xabar qilgan. Raketa hujumlari oqibatida ikki nafar Suriya askari halok bo'ldi, yetti nafar harbiy og'ir yarador bo'ldi.

Fevral oyi davomida esa Turkiya Suriyadagi harbiy harakatlar natijasida 62 nafar harbiyni yo'qotgan. 100 nafar turk askari yaralangan. Bir necha o'nlab harbiy texnika yo'q qilingan. Vashington turk askarlari o'limida Rossiyani ayblagandi. Ammo Rossiya ushbu ayblovni qat'iyan inkor etgan.

 

loading...