RESPUBLIKA “SENI” RAHBARI NURMAT OTABEKOV NIMA DEYDI?..

0

 

Yaqinda vazirlar mahkamasi huzuridagi sanitar-epidemiologik nazorat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov koronavirus va karantin holati yurtimizda qanday kechayotgani masalasida quyidagilarni aytib o'tdi.

“Koronavirusga chalingan bemorlarning 17 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilyapti, 4 nafarining ahvoli og'ir, ikki nafari esa nisbatan og'ir deb baholanmoqda.

Vaziyat murakkablashib borayotganini hali to'liq anglab yetmadik, chamasi. Haligacha karantin talablarini buzayotgan, bemaqsad ko'chalarda kezib yurish, tibbiyot xodimlarining tavsiyalariga amal qilmaslik holatlari uchrab turibdi.

Ming afsuski, kasallik alomatlari kuzatilsa-da, beparvolik bilan qarab, o'z vaqtida shifokorlarga murojaat qilmay, ahvoli og'irlashgandan keyin shifoxonaga murojaat qilayotganlar ham bor.”

loading...