Spirtli ichimlik do'konlari nega faoliyat olib bormoqda? Bu zaruriy oziq-ovqat emasku!

0

 

AOKA huzuridagi shtabda o'tkazilgan brifingda Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati rahbari Shohruh G'iyosov bu savolga javob berdi:

«Sizga tushunarli qilib javob berishga harakat qilaman: agar biz spirtli ichimliklarni yoki sigaret mahsulotlarini savdosini to'xtatib qo'ysak, odamlar bu mahsulotni uyda qo'lbola tayyorlashni boshlaydi. Bu esa o'z navbatida ko'plab kasalliklarga olib keladi.

Hozir bizga endi odamlarning qo'lbola spirtli ichimlikdan zaharlanib o'lishi yetmay turgan edi.

Agar bilsangiz, tarixda bu davrdan o'tganmiz, 80-yillarda Sobiq Ittifoq xukumati «suxoy zakon» e'lon qilgan, ya'ni spirtli ichimliklarni ishlab chiqarish va savdosi to'xtatilgan. Shu davrda odamlarning qo'lbola tayyorlangan spirtdan zaharlanib o'lishi 400 foizga oshib ketgan. Mana, Sizning savolingizga aniq javob», dedi G'iyosov.

 

loading...