2020 YIL APRELDA QOVG'A VA BALIQ BURJI VAKILLARINI NIMA KUTADI?..

0

 

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

Aprel oyi qovg'a burji ostida tavallud topganlar uchun tashvishlar, ko'ngilsizliklarga qarshi kurash oyi bo'ladi. Dam olish, sevimli xobbingiz bilan band bo'lish uchun qulay imkoniyatlar zohir bo'ladi. Shinavandalik qobiliyatingiz yanada avj pallaga kiradi. Tanishlaringiz, do'stlaringiz davrasi kengayadi. Atrofdagilar siz tilga olgan har bir so'zni olqishlar bilan qarshi oladi.

Yolg'izlar bir insonning e'tiboriga tushadi. Tez fursatda u inson juftingizga aylanishi tayin. Ammo buzoq burji vakil yo vakilalariga ko'ngil bera ko'rmang. Ijodkorlar, san'at sohasida ishlaydiganlar moddiy to'kinlikka erishishlari haqiqatga yaqin.

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

Baliq burji vakillari aprel oyida o'zlari bilmagan holda hazilkash, quvnoq odamga aylana boradi. Bu do'stlaringiz, shinavandalaringiz ko'payishiga sababchi bo'ladi. Lekin katta davralarga yaqinlashmaganingiz ma'qul. Unday davralarda siz o'zingizni erkin his eta olmaysiz. Oqibatda shaxsiy hayotingizni yo'lga qo'yish imkoniyatidan mahrum bo'lasiz.

Ishda yolg'izlik aprel oyi oxiriga qadar sizbop bo'lib chiqmaydi. Jamoaviy ish sari intiling. Professional kasbingiz bilan bog'liq yumushlarni a'lo darajada ado etish yo'lida kuchni ham, imkoniyatni ham ayamang. Oila qurmaganlar baxtli hayot kechirishni istasalar zararli odatlardan voz kechishlari talab etiladi.

Astrolog Vasilisa VOLODINA

 

loading...