O'ylab ko'rdingizmi? 2020 yil 7 aprel kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

1

 

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

Bugun yolg'izlar xuddi 16 yoshlilar kabi beboshga aylanishi kutilmoqda. Lekin bu xursandchilik va baxt nishonasidir. Yolg'izlar kimnidir sevib qolgan chiqadi. Shu tuyg'u qalbingizga cheksiz romantikani hadya etmoqda. Ish masalasida hammasi ham siz istagandek kechavermaydi. Qachonlardir urishib qolgan hamkasb bilan yana to'qnash kelishingiz kutilmoqda. Shu gal janjalsiz gaplashib olsangiz koshkiydi.

 

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

 

7 aprel kuni duch kelganga tajovuz qilaverib hammani xun qilishingiz mumkin. Hoynahoy, uyqudan chap yonboshingiz bilan turgan bo'lsangiz kerak. Aksiga olgandek, sodir etayotgan harakatlaringiz ham maromida kechmaydi. Goh qo'lingizdagi qaynoq choy yoki kofe to'kiladi, goh kimdir asabingizga o'ynaydi. Lekin bularning barchasini yurakka yaqin olavermasligingiz tavsiya etiladi. Muhabbatda ham yaqin insoningiz bilan munosabatlarda sakrash kuzatiladi.

 

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

 

Suyukli insoningizning ko'zlariga tik boqish uchun o'nlab kilometrlarni bosib o'tishingiz lozim. Afsuski, ikki qalb tuyg'usini, xohishlarini aniqlashga hali erta. Vaqt kerak bo'ladi shekilli. Bundan tashqari, bardosh ham talab etiladi. Kechqurun kimlardir xizmat safariga jo'nab ketishi, yana kimlardir kutilmagan daromadga ega bo'lishi mumkin.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

 

7 aprelda ertalabdayoq vujudingizga oqib kela boshlagan kuch va qudratni his etasiz. Bunga yo bahor havosi, yoki kimdir qo'shimcha daromadli ish taklif etgan bo'lsa, o'sha sababchi bo'lishi mumkin. Pul hammaga kerak. Shunday ekan, bu kuchlardan unumli foydalaning va moddiy ahvolingizni yaxshilab oling. Ijodkorlar ham bugun ilhom farishtalarining qurshovida qolishadi. Reklama biznesiga egalar esa mo'may daromaddan bahra olishlari kutilmoqda.

 

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

 

Bugun daromad masalasida ilgarigidek omadingiz chopa qolmaydi. Pul qo'lingizga kelib tushadi. Ammo bu pullarni iqtisod qila bilmasangiz, hech narsaga yaramaydi. Ertalab ba'zilar oila a'zolari bilan bahslashib qoladi. Yana kimlardir daromadi yaxshi bir ish topadi. Boshqalar kechqurunga borib xafaqon kayfiyatda qolishi kutiladi. Kayfiyatingizda sakrash alomatlari seziladi.

 

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

 

7 aprel kuni ko'chaga chiqsangiz ham boshni baland ko'targan holda chiqavering. Ayniqsa, oilasizlarga shunday mag'rurlik bugun juda yarashib tushadi. Ular romantik uchrashuvni boshdan kechirishadi. Ish masalasida mulohaza bilan harakatlar sodir etmasangiz, bir tiyinsiz qolib ketishingiz hech gap emas. Biznesiga egalar bugun raqobatchilarning xufiyona hujumlaridan ehtiyot bo'lishlari kerak. Moddiy jihatdan inqirozga yuz tutishingiz ham ehtimoldan xoli emas.

 

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

 

Tarozi burji vakillarining omadi chopadi. Omadingiz chopishidan hatto dushmanlaringiz ham mamnun tortadi. Mamnun tortmagan taqdirda ham xech bulmasa tan beradi. Moliyaviy yutuqlar ham bugun faqat sizniki. Faqat pullaringizni bo'lar-bo'lmasga sarflashdan tiyilsangiz bas. Kunning ikkinchi yarmida ba'zi do'stlarimiz jufti yoki bo'lg'usi jufti bilan adi-badi aytishib qolishi, oqibatda ikki o'rtada arazlar paydo bo'lishi mumkin. Ehtiyot bo'ling.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

7 aprelda nihoyat og'ir yumushlardan birini qiyinchilik bilan bo'lsa-da, yakuniga yetkazasiz. Daromad kissaga tushadi. Tadbirkor bo'lsangiz, yangi hamkorlarga o'z muvaffaqiyatlaringizni, tajribangizni keng namoyish etishdan tiyilmang. Ko'rib qo'yishsin. Qanday omadli inson bilan hamkorlik qilish arafasida ekanliklarini bilishsin. Ayrimlar kechqurunga borib havoning avzoyi buzilishi tufaylimi, o'zini yomon his eta boshlashi mumkin.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Agar ertalab e'tiborsizlikka yo'l qo'ysangiz, yoki hisob-kitobda adashib ketsangiz, bu xatoingiz kechga qadar tatiydi. Kechga qadar kuyib-yonishdan tiyila olmay xunob bo'lasiz. Bugun iloji boricha uzoqroq piyoda sayr qilish, toza havodan nafas olish faqat foyda beradi. Juda bo'lmaganda yolg'izlikda tabiat qo'yniga chiqib keting. Ayniqsa, ko'p asabiylashayotganlar depressiyadan saqlanish uchun yolg'iz qolishlari tavsiya etiladi.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

7 aprel kuni vaziyat shunday bo'ladiki, ishni ham, shaxsiy hayotni ham tubdan o'zgartirish payiga tushib qolasiz. Lekin bu o'tkinchi. Xotirjam tortishga harakat qiling. Kimningdir qo'pol munosabatini deb bu qadar tub burilish yasash yaramaydi. Hayotingizda hali juda ko'p yoqimli lahzalar paydo bo'ladi. Yolg'izlardan kimlarnidir kechqurun romantik uchrashuvga taklif qilishadi.

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

Bugun oq va qorani bir-biriga qorishtirib yubormasligingiz tavsiya etiladi. Buning natijasida o'zingizga ortiqcha muammo orttirib olasiz xolos. Agar jismoniy holatingiz talab darajasida kechmasa, qo'rqmang. Salomatligingiz bugun pand bermaydi. Charchagansiz xolos. Vitaminlar iching, basseynda cho'miling, ko'proq toza havoda sayr qiling. Bugun kompyuter qarshisida uzoq o'tirib qolishdan, telefon orqali uzoq gaplashishdan saqlaning.

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

7 aprelda kimlarningdir yuziga tik boqib haqiqatni aytishga shaylana boshlaysiz. Agar sizni kimlar ko'ra olmayotganidan xabar topgan bo'lsangiz, yuziga haqiqatni aytishingiz juda to'g'ri ish bo'ladi. Shaxsiy biznesiga egalarning daromadlari bugun bir necha hissa ortishi kutilmoqda. Allakimlar inqirozga yuz tutishingiz mumkinligini aytib yuragingizga vahima solgan bo'lsa, ularga muvaffaqiyatlaringizni ochiq namoyish eting.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...

1 TA FIKR

Comments are closed.