O'ylab ko'rdingizmi? 2020 yil 8 aprel kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

8 aprel kuni ham ish, ham shaxsiy hayotga oid muammolar ko'paygandan ko'payadi. Agar sal bo'shashsangiz, ikkalasini ham oxiriga yetkaza olmasligingiz hech gap emas. Harakat qilib balansni toping. Shunda oshig'ingiz olchi bo'ladi. Muammolarga qarshi kurashda qalbingizda shubha-gumonlar hukm o'tkazishiga yo'l qo'ymang. Aks holda muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz. Kechqurun yorqinliklar og'ushida vaqt o'tkazasiz.

 

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

 

Bugun qanchalar metin irodaga ega ekaningiz bo'yicha imtihondan o'tasiz. Agar imtihonni adolatni qurol qilgan holda topshirsangiz, quvonchli va yoqimli lahzalar sizniki bo'ladi. Kun davomida emotsiyani kuchli nazoratda ushlashga harakat qiling. Bugun toza havo sayri, sport mashg'ulotlari va yaqin insonlar davrasida dam olish xayrli kechadi. Salomatlikni asrang va to'g'ri ovqatlaning.

 

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

 

8 aprelda moliyaviy manfaatni birinchi o'ringa qo'ymay tura qoling. Entuziazmga alohida o'rin ajrating. Huquqiy masaladagi muammolarni katta tezlikda bartaraf etish payida bo'ling. Yo'qsa, bu mavzu sizni botqoqqa botirishi turgan gap. Tadbirkorlarning ayrimlari kechqurun yaqin manzilga safar qilishi ehtimolga yaqin. Kechqurun toza havo sayrini aslo unutmang.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

 

Bugun ertalabdan kuch va imkoniyatlaringizni yana bir karra chamalab chiqishingiz talab etiladi. Shundagina ko'zlangan niyatlarga yetishingiz mumkin. Bajaradigan ishlaringiz ham balans talab qiladi. Mabodo oldindan rejalashtirib qo'yilgan bo'lsa, jarrohlik amaliyotidan voz kechishingiz tavsiya etilmaydi. Hammasi muvaffaqiyatli kechadi. Ammo keyinchalik vrachlar maslahatiga albatta amal qiling.

 

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

 

8 aprel kuni muammolaringiz yangilana borishiga guvoh bo'lasiz. Moliyaviy manfaat ko'rasiz, faqat sal keyinroq. Martabani oshirish uchun katta kuch sarflashdan tiyiling. Bugun imkon doirasida mayda-chuyda ishlar bilan band bo'lib tursangiz ham ziyon ko'rmaysiz. Sevishganlarni har qadamda muvaffaqiyat, g'alaba kutadi. Munosabatlaringiz super darajaga chiqadi. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

 

Oilasizlardan kimlardir kunning birinchi yarmida suyuklisidan maktub oladi. U olisga safar qilish arafasida ekanini aytishi mumkin. Tashvish chekishga asos yo'q. U albatta tez kunda qaytadi. Rahbarlar tarafidan zimmangizga yuklanadigan yangi vazifalar eski loyihalarning tezroq hayotga tadbiq etilishiga to'siq qo'yishi mumkin. Na iloj, rahbar, baribir rahbar-da. Parizod burji ostida tu'ilganlar oilaviy hayotda cheksiz yoqimli lahzalarni boshdan kechirishlari kutilmoqda.

 

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

 

Ertalab do'stlaringizdan biri savolga ko'mishi, javob talab qila boshlashi mumkin. Javoblaringiz tayyor. Ammo javob beradigan kayfiyatda bo'lmasligingiz mumkin. Birovlarning muvaffaqiyatini, ishini tan olishga odatlanishingiz kerakka o'xshaydi. Shunda hayot yanada yorqinroq kechardi. Ba'zi do'stlarimiz kunning ikkinchi yarmida qarindoshlar bilan adi-badi aytishib qolishi kutilmoqda. Ayrimlar kechqurunga borib shamollashdan bezovta bo'la boshlashi mumkin.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

8 aprelda kimlardir bosh og'rig'i, migrendan azoblanish ehtimoli bor. Hoynahoy, kislorod yetishmasligidan bo'lsa kerak. Toza havoda ko'proq sayr qiling, o'tib ketadi. O'zingizga o'zingiz tashhis qo'yishga oshiqmang. Buni faqat vrach amalga oshirsin. Ro'zg'oringizdagi muammolarni cho'zib o'tirmay, o'z vaqtida ado etib qo'yishingiz tavsiya qilinadi. Uyni kapital ta'mirdan chiqarish uchun ham fursat yetdi.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Ijod, o'z-o'zingizni har jihatdan taraqqiy ettira borishga oid mashg'ulotlarga ko'proq e'tibor qarating. Moliya va ro'zg'ordagi muammolarni bartaraf etishda sizdan aniqlik talab etiladi. Yolg'izlar, sevgan insoningizning qalbiga yo'l ochuvchi kalit qo'lingizda. Buyog'iga iloji boricha uning ko'nglini olishga harakat qilavering. Baxtingizni bersin!

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

8 aprel kuni dastlab tashqi qiyofangiz, kiyimlaringizga e'tibor qaratib qo'ysangiz yomon bo'lmasdi. Maksimal darajada yaxshilang. Buning uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Asosiysi, xohish bo'lsa bas. Bugun yaqin qarindoshlar bilan o'zaro munosabatlaringizda salbiy o'zgarishlar ko'zga tashlanmaydi. Ular sizni hayron qoldirib, jami fikrlaringizga bir ovozdan qo'shilishadi.

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

Jami iste'dodingiz, jamiyatdagi o'rningizni boshqalarga keng namoyish etishga uyalmang. Chunki bu haqiqat. Haqiqatdan uyalish kerak emas. Muhabbatda mustaqillik sari talpinmang. Baribir foydasi yo'q. Agar juftingiz yoki bo'lg'usi juftingizni haqiqatan qattiq sevsangiz, u bilan bamaslahat qarorlar qabul qiling. Kechqurun ijodkorlar qalbida ilhom parilari mehmon bo'ladi.

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

8 aprel baliq burji vakillariga bir dunyo haashamat, quvonch va baxt hadya etmoqchi. Bu tush emas. Bahorning ajoyib sovg'asi xolos. Bu sovg'aning zaimirida muhabbat ham, oqibat ham teng o'rin olgan. Ayollar va qizlarning terisida muammo bo'lsa, bugun kosmetolog qabuliga yozilib qo'yishlari ham maqsadga muvofiq bo'ladi. Ba'zilarda gullayotgan daraxtlarga allergiya bo'lsa, juda ehtiyot bo'lishlari tavsiya qilinadi.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...