Endi hammasi juda oson: MIB “@mibuzbot” bot-kanalini ishga tushirdi!

0

Yaxshi bilamizki, yurtimizdagi karantli vaziyat sabab, bu davrda fuqarolarimizning aksariyati uyda bo'lishlari sababli energiya resurslariga bo'lgan ehtiyoj yanada ortadi, to'lovlarning o'z vaqtida amalga oshirilmasligi qarzdorliklarning ko'payishiga sabab bo'ladi.
Endilikda, fuqarolarimiz uylarida bo'lib, foydalanilgan kommunal xizmatlar va qattiq maishiy chiqindilar uchun to'lovlarni amalga oshirish uchun “Telegram” tarmog'i orqali “@mibuzbot” bot-kanalida yana bir qulaylik yaratildi!
Buning uchun, avvalo, ushbu bot kanaliga kirib – start tugmasini bosib, keyin mobil telefon raqamingiz ulanadi. Keyin kommunal xizmat turi, viloyat, tuman, shaharni tanlaysiz hamda kommunal xizmat turi bo'yicha shaxsiy-hisob raqam kiritiladi, ushbu ma'lumotlar kiritilgandan so'ng bot abonentning hisob-kitob ma'lumotlarini ko'rsatadi.
Shundan so'ng, hisoblagich fotosuratini yuborish, to'lovlarni kuzatib borish va qarzdorlikni to'lash imkoniyatiga bo'ladi.
Oddiygina aytganda, karantinli vaziyat sabab, Siz masofadan turib, hisoblagich suratini yuborasiz va ko'rsatgich “MIB inspektori” android elektron tizimiga kelib, abonent hisobiga kiritib boriladi.
To'lov tugmasi orqali – elektron to'lov tizimlari bilan o'z vaqtida hisob-kitoblarni amalga oshirib borasiz!
To'lovni amalga oshirishda, bot orqali elektron to'lov tizimlariga kirib – iste'molchining plastik kartochka raqami, uning muddati, unga bog'langan telefon raqami va to'lov summasi kiritilgandan so'ng, “SMS” orqali kelgan himoya kodini tasdiqlash kifoya!
Shu zahoti, Sizga to'lov amalga oshirilganligi ma'lum qilinadi.
Ha, aytgancha, bunday qulayliklar Majburiy ijro byurosining rasmiy «mib.uz» saytida ham yaratilgan.
Unutmang, amalga oshirgan to'lovlaringiz esa, Sizning energiya resurslaridan to'laqonli foydalanishingiz hamda atrof-muhit muhofazasi uchun xizmat qiladi!

Quyidagi video bot-kanal haqida yanada kengroq tushuncha hosil qilishingizga xizmat qiladi:

# Uyda qoling!
# O'zingiz va yaqinlarni asrang!
# To'lovlarni to'lashni unutmang!

loading...