NAMANGANDA 11 NAFAR BEMOR KORONAVIRUS INFEKSIYaSIDAN TO'LIQ TUZALDI…

0

 

Namangan viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida bugun yana koronavirus infeksiyasiga chalingan 11 nafar bemor butunlay sog'aydi. Ular viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi mas'ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog'aygan bemorlarning 3 nafari erkak, 8 nafari ayollardir. Ularning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo'lib, infeksiya yuqtirib olgan. Samarali davolash muolajalaridan keyin, so'nggi tekshiruvlar ularning xastalikni to'liq yengib o'tganligini ko'rsatdi.

loading...