Ukraina prezidenti koronavirus dorisini topganga 1 mln dollar bermoqchi

0

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yangi koronavirusga qarshi dori yoki vaksina topganga kamida 1 million dollar berishga tayyor. Bu haqda mamlakatning bosh sanitar vrachi Viktor Lyashko “Levыy bereg” internet nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.

“Sizlarga bir sirni ochaman. Prezident mendan akademiklarimizga maktub yozishimni va koronavirusga qarshi dori yoki vaksina topganga kamida 1 million dollar to'lanishini aytishimni so'radi, bu qaysi manbadan to'lanishini bilmayman”, – dedi Lyashko.

Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, Ukrainda yangi koronavirus bilan kasallanganlar soni 3 mingga yaqinlashgan.

Azon.uz

loading...