AMERIKADA IShSIZLIK REKORD DARAJADAN HAM O'TIB KETDI…

0

 

Amerika mehnat vazirligi mutaxassislarining xabariga ko'ra, koronavirus tufayli karantin e'lon qilingandan beri shu kunga qadar ishsizlik nafaqasi olish uchun ariza berganlar soni 26 million nafarga yetdi. Oxirgi bir haftaning o'zida jami 4, 4 mln kishi ishsizlik nafaqasi berishlarini so'rab murojaat etgan.

Tahlilchilar esa bu raqamlar rasmiyligini bayon etishdi. Ularning aytishicha, ishsizlar soni Amerikada koronavirus tufayli karantin tashkil etilgan dastlabki kunlariyoq 7 million nafardan oshib ketgandi. Agar barcha ishsizlarni qo'shadigan bo'lsak, bu mamlakatdagi ishsizlar soni 30 milliondan oshib ketarkan.

Fuqarolarning ish joyini yo'qotmaganlari ham shu kunlarda maoshlar keskin qirqartirilganidan nolishmoqda.

Eslatib o'tamiz, Amerikada shu kungacha koronavirus yuqtirganlar 841, 5 mingdan ortiqni tashkil etmoqda. 46 ming 769 kishi o'limga yuz tutdi. 152 ming 286 kishi tuzalib kasalxonalardan chiqdi.

 

loading...