ANGLIYa VRAChLARI VIRUSDAN HIMOYa VOSITASI TANQISLIGI UChUN HUKUMATNI SUDGA BERDI…

0

 

Buyuk Britaniyalik ikki nafar vrach koronavirusdan himoya qiluvchi maxsus anjomlar, kiyimlar tanqisligidan shikoyat qilib hukumatni sudga berdi. Sudga murojaat etgan ikki vrach ham ayol kishi va yana homilador. Ular tibbiyot xodimlarini koronavirusdan himoya qiluvchi xalatlar, anjomlar yetishmasligi sababli virus yuqtirish hamda o'lim holatlari ko'payib borayotganidan xavotirda qolishganini bayon qilishdi.

— Hukumatning asosiy vazifasi tibbiyot xodimlarini koronavirusdan himoya qilish, — deyiladi shikoyat arizasida. — Hozirgacha mamlakat bo'yicha hisoblaganda, jami tibbiyot xodimlarining 30 foizi koronavirus yuqtirishga ulgurgan. 70 nafar vrach va hamshira koronavirus tufayli o'lib ketdi…

Buyuk Britaniya hukumat rahbarlari ushbu arizaga javoban ayni kunlarda tibbiyotchilarning muammolari ko'rib chiqilayotganini aytib o'tishdi.

Hozirga qadar Angliyada koronavirus yuqtirganlar soni 133 ming 495 kishiga yetgan. 18 ming 100 kishi vafot etdi.

 

loading...