BELORUS PREZIDENTI DUNYoDAGI KARANTIN HOLATINI TANQID OSTIGA OLDI…

0

 

Belorus prezidenti Aleksandr Lukashenko dunyo tajribasi asosan joriy etilgan cheklovlar, karantin holatini «psixoz» deb atadi. Prezidentning aytishicha, karantinda o'tirish jarayonida odamning immuniteti tushib, salomatligi, ruhiy holatiga putur yetarkan. U asabiylashadi. Tirikchilik haqida o'ylab siqiladi. Chunki ish yo'q, ish bo'lmagandan keyin pul ham yo'q. Xo'sh, nima qilsin? Yuqorida ta'kidlanganidek, qattiq asabiylasharkan, stressga tusharkan. Oqibatda bu odam koronavirus yuqtirishga moyil bo'lib qolarkan.

— Karantin tugagach, — dedi Lukashenko. — Odamlar ko'chaga bo'shashgan, rang-boshi oqargan, sarg'aygan, ruhan majolsiz holda chiqadi. Ko'chada esa koronavirusning ikkinchi to'lqini ularni intiqib kutayotgan bo'ladi. Immuniteti pastlagan, rangi za'faronlarni ko'radi-yu, jonholatda o'zini ularning bag'riga otadi. Xo'sh, unda nima qilishadi? Hech narsa. Shuning uchun shaxsan men karantin va cheklovlarga salbiy munosabatdaman.

Eslatib o'tamiz, Belorusda hozir koronavirus yuqtirganlar anchaginani tashkil etadi. Ammo bu davlatda karantin joriy etilmagan.

zakon.kz

loading...