HINDISTONNI ZAHARLI GAZ BOSDI. QURBONLAR SONI ORTMOQDA…

0

 

Hindistonning Vishakxapatnam shahrida joylashgan kimyo zavodida zaharli gaz trubasi yorilishi oqibatida butun shaharni, nafaqat shahar, balki o'sha yaqin oradagi hududlarni ham o'ta zaharli gaz hidi bosdi. Dastlabki daqiqalarning o'zida o'ndan ortiq odam qurbon bo'ldi. Yuzlab fuqarolar og'ir ahvolda kasalxonalarga yotqizildi. Guvohlarning gapiga qaraganda, odamlar ko'chalarda yerga yuztuban qulab, hushini yo'qotmoqda. Zaharli gaz hayvonlarning ham qirilishiga sabab bo'lmoqda. Qutqaruv xizmati vakillari fojia yuz bergan manzilga yaqin hududlardan odamlarni xavfsiz joylarga ko'chirmoqda. O't o'chiruvchilar ko'chalarga tinimsiz suv sepmoqda. Shu yo'l bilan zahar yo'qolishini ta'minlashga harakat qilmoqda.

 

loading...