Tabassum mo''jizasi: kelishmovchilik uchqunlarini bartaraf etmoqchimisiz?.. Buning uchun, albatta, birgalikda kuling!

0

Yaqin kishingiz bilan o'rtangizda paydo bo'lgan kelishmovchilik uchqunlarini bartaraf etmoqchimisiz? Amerikalik ruhshunos Doris Bazzinining ta'kidlashicha, buning uchun birgalikda kulish va hayotingizdagi shirin xotiralarni birgalikda eslash lozim. U buning sababini tushuntirarkan: «Qachonki umr yo'ldoshingiz bilan birga kular ekansiz, orangizda qo'shimcha rishtalar paydo bo'ladi va siz bir-biringizni yaxshiroq tushuna boshlaysiz. Agar biror nimani birgalikda xotirlasangiz, hayotiy tajribalaringizni bo'lishasiz, natijada bir-biringizni anchadan buyon bilishingiz ayon bo'lib, u ham xuddi kulgi kabi munosabatlaringizni mustahkamlaydi», deydi.

Kuniga 15 daqiqa kulish bir yilda 2 kilogramm ortiqcha yog'ni eritishga qodir. Juda kulgili teleko'rsatuv yoki komediya tomosha qilish bir kilometrlik sayr kabi kaloriya yo'qotishi mumkin.

BARNO

(«7 Mo''jiza» xazinasidan)

loading...