DIQQAT! BUGUNNING ILK XUShXABARI!!!

0

 

Samarqand viloyatida 10 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog'ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning barchasi Samarqand viloyatidan (5 nafari Oqdaryo tumanidan, 3 nafari  Samarqand shahridan, 2 nafari Toyloq tumanidan) bo'lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo'lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 5 nafari erkak, 5 nafari ayol. Yoshi kattasi 33da, kichigi 2019 yilda tug'ilgan.

Viloyatda shu paytga qadar 144 nafar bemor butunlay sog'aygan bo'lsa, endilikda 154 nafar fuqaro kasallikdan butunlay  forig' bo'ldi.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo'yicha koronavirus infeksiyasidan butunlay sog'ayganlar soni 2168 nafarga yetdi.

Sog'liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here