PENTAGON O'ZGA SAYYoRALIKLAR TA'QIBIDA…

0

 

Amerika mudofaa vazirligi — Pentagon mamlakat harbiy dengiz kuchlari doimiy ravishda o'zga sayyoraliklar fazo kemalari tarafidan ta'qib qilinayotganini rasmiy hisobotda bayon etdi. Aytishlaricha, bu ta'qib 2013 yil 27 iyundan to shu kunga qadar davom etib kelmoqda. Tovoqsimon ob'yektlar Atlantik okeandagi Amerika harbiy dengiz kuchlari o'quv mashg'ulotlari paytida har gal qo'qqisdan paydo bo'ladi. Harbiy o'quv mashg'ulotlari paytida samolyotlar albatta o'zga sayyoraliklar fazo kemalari bilan deyarli to'qnash keladi. Ularning eng yaqin masofadan ko'zga tashlangani 305 metrni tashkil etgan. Shu masofagacha yaqinlashgach, o'zga sayyoraliklar fazo kemasi juda katta tezlikda g'oyib bo'lgan. Hanuz ularning qaerdan paydo bo'lishi va qaerga g'oyib bo'lishini aniqlab bo'lmayapti.

 

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here