Sardoba ishi bo'yicha 170 dan oshiq shaxslar so'roq qilindi — Bosh Prokuratura

0

Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov “Sardoba” suv ombori fojiasi yuzasidan qo'zg'atilgan va DXX tomonidan olib borilayotgan jinoyat ishi yuzasidan dastlabki ma'lumotlarni berdi.

Jinoyat ishi doirasida fojia sababi yuzasidan asosiy 4 ta tergov versiyasi bo'yicha tergov olib borilmoqda:

1. Loyihalashdagi xatoliklar;
2. Qurilish me'yorlariga rioya etmaslik;
3. Ekspluatatsiya jarayonidagi xatoliklar;
4. Tabiiy ofat.

Hozirda 4 ta versiyani tekshirish yuzasidan tegishli ekspertizalar, taftish va tekshirishlar tayinlangan.

— Hisobotlarda aks ettirilgan moliyaviy  manbalar haqiqatda ishlatilganmi?

— Bu savolga tezlikda jalb etilgan ekspertlar guruhi javob izlashyapti.  Sudga oid texnikaviy ekspertiza tayinlangan. Yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda. Tergov ishlari uch oydan oshmagan holda amalga oshirilishi  lozim. Zarurat tug'ilganda 7 oygacha uzaytiriladi. 170 dan oshiq shaxslar so'roq qilindi.

Aybdorlar aniqlangandan so'ng, tegishli tartibda ularga ayb e'lon qilinadi va jinoyat ishi sudga ko'rib chiqish uchun yuboriladi. Odil sudlovni faqat sudlar amalga oshiradi. Bu qonun bilan belgilab berilgan. Aybdor shaxslarning har biriga  huquqiy baho beriladi.

Odamlar birpasda o'zlari aybdorlarni topib, ijtimoiy tarmoqlarda hukm o'qib yuborishadi. Har bir fuqaroning aybsizlik prezumpsiyasiga ko'ra, huquqi kafolatlangan.

loading...