SUYuNChI!!! (yoxud Xorazmdan xushxabar)

0

 

Xorazm viloyatida navbatdagi 18  nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog'ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning 5 nafari Xorazm viloyatidan,  2 nafardan Buxoro, Qashqadaryo, Farg'ona, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasidan, 1 nafardan  esa Toshkent shahri, Samarqand va Toshkent viloyatlaridan. Ulardan  13 nafar fuqaro Rossiyadan kelgan, jumladan,   2 nafari xalqaro  yuk  tashuvchi avtomashina haydovchisi bo'lib, 11 nafari charter reyslar orqali yurtimizga olib kelingan va karantinga olingan, kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. 5 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning eng yoshi kattasi 54, kichigi 19 yoshda.

Viloyatda shu paytga qadar 210 nafar bemor sog'aygan bo'lsa, endilikda ular 228 nafarga yetdi. Hozirda Xorazmda 5 nafar bemor davolanmoqda.

Shunday qilib, bugun 55 nafar bemor tuzalib, ayni paytga qadar mamlakatimiz bo'yicha koronavirus infeksiyasidan butunlay sog'ayganlar soni 2213 nafarga yetdi.

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here