XOH IShONING, XOH IShONMANG…

0

 

 

UKROP HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Antik davrlar va o'rta asrda ayrim mamlakatlarda ukrop dekorativ o'simlik sifatida yetishtirilgan.

2. Arterial qon bosimi pastlarga ukrop iste'mol qilish tavsiya etilmaydi. U holsizlik keltirib chiqarishi, ko'zga salbiy ta'sir o'tkazishi va ba'zan behushlikka sabab bo'lishi mumkin.

3. Ukrop dastlab Hindistonda ekila boshlagan.

4. Qadimiy Gretsiya va Rimda ukrop buketi ayollarga beriladigan eng qimmatli sovg'a hisoblangan.

5. Qurigan, ancha oldin uzilgan ukrop tarkibidagi vitaminlarni yo'qotadi.

6. Agar ukropni qaynatilsa, uning hididan asar ham qolmaydi. Shuning uchun u tayyor taom ustiga sepiladi.

7. Qadimiy Misrda ukropning qaynatilgan turi bosh og'rig'iga qarshi dori sifatida qo'llanilgan.

8. Qadimiy Rimda sport musobaqalari g'oliblariga dasta-dasta ukrop hadya etishgan.

9. O'rta asrlarda odamlar ukrop qora jodudan himoya qiladi, yovuz ruhlarni haydaydi deb hisoblashgan. Shu sabablimi, uylar shiftlari, kirish eshiklari tepasiga bir tutamdan ukrop ilib qo'yishgan.

10. Ukropning hididan ko'plab qumursqalar ham qo'rqadi.

11. Ukropga yoqimli hidni tarkibidagi efir moyi baxsh etib turadi.

12. Qadimiy greklar vrachi Gippokrat ham ukropni dorivor o'simlik sifatida qadrlagan.

13. Ukrop ekstraktlari kosmetika, parfyumeriya mahsulotlariga qo'shiladi.

14. Ukrop organizmdagi modda almashinuv jarayonini yaxshilashi allaqachon olimlar tomonidan isbotlangan.

15. Ukrop hiqichoqqa qarshi kuchli dori sanaladi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading...