MOSKVADA KAROVATGA MIXLANGAN NOGIRON AYoLNI KARANTIN TALABINI BUZGANLIKDA AYBLAShDI…

0

 

U oddiy ayol emas. Rossiyadagi Xalqlar Do'stligi universiteti professori Irina Karabulatova edi. Ko'p yillardan biri shol bo'lib qolgan. Bir joyda yotadi. 1- guruh nogironi. Yaqinda unga koronavirus tufayli joriy etilgan karantin va o'z-o'zini izolyatsiya qilish tezkor shtabi qoshidagi jarimalar byurosidan xat kelibdi. Xatda o'z-o'zini izolyatsiya qilish talabini buzgani uchun 4 000 rubl miqdordagi jarimaga tortilgani yozilibdi. Ma'lum bo'lishicha, Moskvada barchaga shart qo'yishgan. Shartga ko'ra, hamma ommaviy tarzda smartfoniga «Ijtimoiy monitoring» deb nomlangan dasturni o'rnatishi lozim ekan. Ro'yxatga qarashganki, Irina Karabulatovaning smartfoniga o'sha dastur o'rnatilmabdi.

— Birinchidan, — deydi Irina. — Mening telefonim smartfon emas. Oddiy telefon. Unga dastur o'rnatib bo'lmaydi. Hech kim menga qo'ng'iroq qilib surishtirgani ham yo'q. He yo'q, be yo'q menga jarima talabnomasini yuborishibdi…

Ma'lumotlarga qaraganda, Irinaning o'zi o'sha byuroga qo'ng'iroq qilib, surishtirgan. Ahvolni tushuntirgan. Ammo hech kim unga quloq ham tutmabdi. Jarima to'lashi shartligini aytishibdi-yu, aloqani uzishibdi.

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here