BRAZILIYaDA HAR SOATDA BIR KIShI KORONAVIRUSDAN O'LIM TOPMOQDA…

0

 

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, yaqin orada Rio-de-Janeyro Amerika Nyu-Yorkiga aylanadi. Peruda ham xuddi Braziliyadagi kabi har soatda bir nafardan odam aynan koronavirus tufayli olamdan o'tmoqda.

12 may kuni Braziliyadagi hamshiralar koronavirusdan o'lgan jami 109 nafar hamkasblarni xotirlashdi. Shu kuni oxirgi bir kecha-kunduzda 881 nafar bemor koronavirus tufayli vafot etgani aniqlandi. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra Braziliyada koronavirusdan o'lganlar soni 15,6 ming, koronavirus yuqtirganlar soni esa 230 ming nafardan iborat bo'lib turibdi. Bu mamlakatni ayni paytda Lotin Amerikasi pandemiya markazi deb atashmoqda.

Meksikada ham so'nggi bir kecha-kunduzda koronavirus qurbonlari soni keskin oshgani ko'zga tashlandi. Bu davlatda hozirgi kunga qadar 5 mingdan ortiq odam koronavirusdan vafot etdi.

Peru poytaxti Lima shahrida ham koronavirus qurbonlari soni ko'paysa ko'paymoqdaki, kamaygani yo'q.

Braziliyadagi dafn byurolari marhumlarni ko'mib ulgurmagani bois koronavirusdan o'lganlarni ommaviy tarzda dafn etishga o'tdi. Marhum va marhumalar bir tobutga ustma-ust yotqizilgan holda joyiga qo'yilmoqda.

 

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here