O'zbekistonda bu yil Ramazon hayiti namozi o'qiladimi?

0

“Azon.uz” axborot-tahliliy portali muxbiri O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati rahbari Komiljon Burhonovga murojaat qildi.

“Ayni paytda mazkur masala yuzasidan muftiy Usmonxon Alimov hazratlari boshchiligida nufuzli ulamolar qattiq bosh qotirishyapti. Koronavirusga qarshi kurashish Respublika maxsus komissiyasi va Sog'liqni saqlash vazirligining xulosalari, hatto ob-havoning qanday bo'lishi kabi omillar, shuningdek, atrofimizdaga qo'shni davlatlardagi epidimiologik vaziyat va boshqa jihatlarni o'rganib oxirgi xulosaga kelinadi. Hozircha Ramazon hayiti namozi o'qilishi yoki o'qilmasligi to'g'risida aniq gapni aytish qiyin. Agar Hayit namozi o'qiladigan bo'lsa, uning tartiblari haqida ma'lumot beriladi.

O'qilmasligi joiz deb topilsa, unda ham O'zbekiston musulmonlari idorasining aniq ko'rsatmalari yoyinlanadi.

Yana shuni qo'shimcha qilishim mumkinki, bugungi kunda masjid va boshqa diniy muassasalar faoliyat yuritmayapti. O'zbekiston musulmonlari idorasi xodimlari, imom-domlalar, qorilar Qur'on xatmi bilan, salovat va tasbihlar aytish bilan band. Yurtimizga kelayotgan sinovlarni, balolarni daf etishda xayrli duolarimiz bilan kamarbasta bo'lish harakatidamiz. Bugun ham “Uzreport” telekanali orqali to'g'ridan to'g'ri efirda xatmona bo'lib o'tadi. Unda hamma xatmi Qur'onlarning yakuni, ya'ni xatmi Qur'ondan keyingi duolar ijobat bo'ladi, deyilgan qavllarga muvofiq elu yurtimiz, musulmonlar haqiga duoyi xayr qilish rejalashtirilgan. Hammani shu jarayonda biz bilan birga bo'lishga chaqirib qolaman” dedi Komiljon Burxonov.

Abdulaziz Muborak yozib oldi

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here