Bugun Termiz xalqaro aeroportida karantin davridagi ilk reys amalga oshirildi

0

Toshkent-Termiz NU-065 yo'nalishi bo'yicha uchgan havo kemasi soat 09:52da mamlakatimiz janubi Surxon vohasiga qo'ndi. Unda 40 nafar yo'lovchi va 251 kg yuk keltirildi.

Termiz-Toshkent NU-066 yo'nalishi bo'yicha esa 117 yo'lovchi hamda 834 kg yuk poytaxtga soat 13:23da uchib ketdi. Yo'lovchilarni ro'yxatdan o'tkazish va havo kemasiga joylashtirish ishlari karantin qoidalariga to'liq rioya qilingan holda amalga oshirildi.

«Uzbekistan Airports» AJ Axborot xizmati

loading...